Nahjulbalog`a



1.      Alloh tarafidan o`z holiga tashlab qo`yilgan, to`g`ri yo`ldan adashgan, soxta va haqiqatdan uzoq bo`lmish bid`atlariga o`ralashib qolgan , odamlarni ham chalg`itish yo`lida shoshiladi. Unga aldanganlar uchun bundaylar fitnadirlar, u- hidoyat yo`lidan ozgan, boshqalarni ham hayotlik davrida va hatto o`limidan keyin ham gumroh qiladi. Yo`ldan ozdirganlarining gunohini o`zining gunohlari ichra giriftor bo`lgani holda tortadi.

2.      Mujmal narsalarni gapirib, nodon odamlar orasida fitnalar qurshovida, tinchlik va xotirjamlikni inkor qilib shaxdam qadamlar bilan yuradiganlarni u odamlar olim va dono deb hisoblashadi, vaholanki u olim emasdir.  Bundaylar ertalabdan kechgacha nimalarnidir yig`ish bilan ovoradirlar. Ularning bu yiqqan narsalari ( qanchalik kam bo`lsa shunchalik yaxshiroqdir) jaholat suvida sug`orilgandir, ya`ni ular bu yiqqan narsalari- “olim” ekanliklarining dalolatidir. Ular hayollarida ilm hazinasini egallaganlar . Holbuki, befoyda narsalardir. Ular odamlar orasida qozilikni bo`yinlariga olib, unga tayanib o`zlaricha odamlarga xatolarini ko`rsatib, haqlarni sohibiga qaytaradilar. Mabodo, mushkilotlarga duchor bo`lib qolsalar bo`lmag`ur puch gaplar bilan nimalarnidir “isbotlaydilar”. Shubhalar qarshisida o`rgimchak to`riga tushib qolgandek holatda bo`ladilar. Biron hukm chiqarsalar, to`g`ri yoki noto`g`ri yo`l tutdilarmi o`zlari ham bilmaydilar. Hatto agar to`g`ri hukm chiqarsalar ham ikkilanib shubhaga tushadilar. Agar noto`g`ri hukm chiqarib adashgan bo`lsalar zora to`g`ri qilgan bo`lsam degan umidda bo`ladilar. Ular qorong`ida sargardon yurgan hohillar kabidirlar va havf-xatar to`la yerda yurgan ko`r odam kabidirlar. Egallagan ilmlari qat`iy emasdir. Kuchli shamol qurigan shoxlarni sindirganidek , ular hadis va rivoyatlarni ostin-ustun qilib natija oladilar. Allohga qasam ichib aytamanki, ular odamlar orasida haq va botilni ajratuvchi ilm va qudratga ega emasdirlar. Egallagan mansablariga mos emaslar, inkor qilgan narsalarining orqasida ilm yotganligiga ishonmaydilar. Qiyin masalalarga duch kelsalar  uni pinhon tutadilar, chunki o`zlarining johillilklarini biladilar. Ular nohaq hukm chiqarganidan nohaq to`kilgan qonlar dod soladi, birovning merosini boshqasiga nohaq olib berishgani uchun bu meroslar ham faryod chekadi.

Men Xudoga shikoyat johil va nodonlar ustiudan qilaman.  Ular jaholatda yashab, zalolatda o`ladilar. Ular garchi  Qur`onni tilovat qilsalar-da undan hech itoatda emasdirlar. Ular Qur`onni teskari tafsir qilganlari uchun ulardan adashganroq odam topilmas,  ularning nazarlarida ma`rufdan qabihtar va munkardan go`zalroq narsa yo`qdir.

Qur`oni Karimda hamma narsa bayon qilingan bo`lsa ixtiloflar nima uchun kerak?

Ba`zan ularning oldilarida bironta tortishuv vujudga keladi va qozi o`z bilganicha hohishiga binoan hukm qiladi. Agar xuddi shu masalani boshqa qoziga aytib berilsa u avvalgi hukmga  teskarisini hukm qilkadi. Keyin boshi qotgan odamlar hokimning oldiga hukmni aniqlashtirish uchun keladilar, u esa har ikkala qozining hukmi to`g`ri ekanligini aytadi. Vaholanki qozilarning payg`ambarlari va kitoblari bir bo`lsa qanday qilib har xil hukm chiqarish mumkin?! Alloh Taolo ularga ixtilof qilishlarini buyurganu, ular ham shu farmonga itoat qilib ixtilof qilyaptilarmi? Yoki Xudovand ixtilof qilishlikdan qaytarganmi? Alloh Taolo dinni noqis nozil qildiyu, ular uni mukammal qilyaptilarmi? Nima ular Allohning sheriklarimi ki Xudo ularning hukmlarigan rozi bo`lsin?! Yoki Xudovand dinni to`liq nozil qilganku, payg`ambarimiz uni yetkazishlikda nuqsonga yo`l qo`yganmilar?

Qur`onda “biz hech narsani tashlab ketmaganmiz “ deyilgan bo`lsa, boshqa oyatda esa “Qur`onda hamma narsani bayon qilganmiz”-deyiladi.  Qur`onda aytilishicha oyatlar bir-birini to`ldiradi va ular orasida hech qanday ixtilof yo`qdir. “ Agar Qur`on Allohdan boshqasi tomonidan tushiriganda edi unda ixtiloflar yuzaga kelgan bo`lar edi”. Qur`on zohiri go`zal, botini chuqur , mo`jizasi tuganmas va sirlari benihoyadir. Jaholatning zulmati faqat uning bilangina daf bo`lishi mumkindir.

Imom Ali Kufa masjidida ma`ruza qilayotganlarida Ash`as bin Qays “Yo amiral mo`minin, bu aytayotganlaringiz o`zingizning zararingizgadir”-deganida quyidagi xutba aytgan edilar.

Sen menga nima foydaliyu va nimalar zarar ekanligini qayoqdan ham bilar eding. Allohning va nafrat qiluvchilarning nafratlari senga bo`lsin, ey kofir o`g`li munofiq! Allohga qasam sen kufrga va islomga asir bo`lgansan. Molu dunyoing seni bu tutqunliklardan qutqara olmagan. Sen qilichlarni o`z qiblasi tomonga yo`naltiruvchi odamsan. Bu yo`l bilan o`limingni oldi-sotdi qilding, qarindoshlaring senga g`azabda begonalar esa senga ishonch yo`qotgandirlar.

Bu xutbada g`aflatdan parhez qilish buyuriladi

Agar o`lganlar ko`radigan narsalarni sizlar ham ko`rganlaringizda edi, vahshatdan qo`rqib, haq gapni gapiradigan, haqni eshitib unga itoat qilgan bo`lar edingiz. Lekin o`liklarga ko`rinadigan narsalar sizlar uchun pardaga o`rab qo`yilgandir, lekin yaqin orada pardalar ko`tarilib sizlar haqiqatni ko`rasizlar. Ko`rish qurollaringiz ya`ni ko`laringiz bordir, uni ochingizlar, va nazar solinglar, haq gap quloqlaringizga aytilgandir uni eshitinglar, eshitsangizlar hidoyat bo`lasizlar, agar uni qabul qilsangizlar. Chindan sizlarga aytamanki, ibrat olinadigan hodisalarni ko`rdingiz, harom ishlardan qaytarildingiz,  haqni tablig` qilishda farishtalardan keyin odamlardan boshqasining zimmasida emasdir.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next