Nahjulbalog`a



So`ngra Xudovand yumshoq va qattiq, shirin va sho`r tuproqlarni bir yerga to`plab bir oz suv qo`shdi, yopishqoq holdagi loyni qorib turli azolar yasab qotirdi , ma`lum vaqt o`tgach  uning ichiga O`zining ruhini pufladi, inson suratini berib aql sohibi , yaratilgan boshqa mavjudotlarni tasarruf qilish uchun fikrlaydigan  qilib yaratdi.  Turli vositalar berdiki to xidmatini o`tasinlar deb, fikrlash kuchini haq va botilni ajratishi uchun izniga berib qo`ydi, shuningdek maza bilish, hid ajratish vasilalarini ranglarni va shakllarni farqlashni extiyoriga berdi, turli hissiyotlar (xursandchilik, hafagarchilik, issiqlik, sovuq...)ga sohib qildi. So`ngra farishtalarga “Odamga sajda qilinglar”-deb farmon berdi, shunda hamma farishtalar Allohga itoat qilganlari uchun tavoze yuzasidan Odamga sajda qildilar, illo iblis bu ishda itoatsizlik qilib sajda qilishdan bosh tortdi. Uning kibri hamiyati, shaqovat va badbaxtligi g`alaba qilib olovdan yaralganligi bilan faxrlandi, Odam esa loy va tuproqdan yaratilganligini ro`kach qilib “obrusizlantirdi”.  Shunda Alloh Taolo shaytonning jazosi istihqoq bo`lishi va sinash uchun unga muhlat berdi: “To ma`lum vaqtgacha senga muhlat berildi”-dedi.

Odam jannatda bo`lgani

So`ng Xudovand Odamni amniyat va barakot yeri bo`lmish yerda qaror berdi va uni shaytonning dushmanchiligidan ogohlantirib, undan hazar qilishni buyurdi.  Ammo iblis  firibgarlik yo`li bilan uni chalg`itdi, chunki Odam solihlar qo`shnisi, osoyishta yerda yashayotganligi uchun hasad qilardi. Odam o`zining ishonchini vasvasa va shakka almashdi, shodligini qo`rquv va vahshatga almashtirdi, ustivor narsani sustlikka o`zgartirdi,  aldanish  uning uchun pushaymonlik keltirdi.  So`ng Alloh tavba eshiklarini unga (Odamga) ochib qo`ydi, rahmat kalimalarini unga tushirdi, jannatga qaytarishni va`da berdi, sinovlar diyoriga, nasl va avlod beriladigan makonga tushirdi.

Aql hazinalarini yuzaga chiqaruvchi payg`ambarlar risolati

Odamning farzandlari orasidan ba`zilarini payg`ambarlikka tanlab oldi, ulardan vahiy paymonini oldi , odamlar Allohning paymonini o`zgartirgan va Allohning haqini tanimay qolgan paytlarida paug`ambarlarga  odamlar uchun risolatni yetkazib berish omonatini berdi.  Odamlar Allohga sherik qaror berar edilar, shaytonlar ularni Allohning ibodatidan chalg`itib qo`ygan edi. Shunda Alloh ularning orasidan Alloh bilan bo`lgan paymonni eslatishlari uchun , fitratlarini tiklash uchun payg`ambarlar tanladi.  Alloh bergan ne`matlarini odam;larga eslatishlari uchun, hujjat bo`lishi uchun rasullar yubordi ular pinhon qolgan aql ganjlarini oshkor qilishar edi. Tepalarida turgan hech narsaga tayanmagan tom bo`lmish osmon, oyoqlari ostidagi beshiklari hisoblanmish yer, yashashlari uchun zaruriy ashyolar, ularning hayotlari o`tkinchi bo`lishiga sababchi ajallar, ularni qaritadigan mashaqqat va mehnatlar, ketma-ket keluvchi turli hodisalar – bularning hammasi Allohning buyuk qudratining nishonalari ekanligini eslatish payg`ambarlar vazifalaridandir.  Alloh Taolo hech qachon o`z bandalarini risolatidan, hidoyat qiluvchilar, sirotal mustaqimga boshlovchilar ne`matidan bebahra qilmaydi.  Ba`zi xalqlar payg`ambarlarini yolg`onchiga chiqarib ularning nafratlariga sazovor bo`lgan bo`lsalar-da Xudovand ularga kalta o`ylashga izn bermagan.  Bir xil payg`ambarlar keyingilarini bashorat qilsalar, ba`zilari esa oldingilar xabar berganlari uchun tanilgandirlar.

Hazrat Muhammad (S.A.O.V)ning davrlari

 

Shunday qilib asrlar ketidan asrlar o`taverdi, otalar o`rnini farzandlar bosaverdi, to Alloh subhonahu va Taolo o`z va`dasiga vafo qilish va payg`ambarlik risolatini kamolotga yetkazish uchun hazrat Muhammadni payg`ambarlikka sayladi. Uning kelishini o`tgan hamma payg`ambarlar bashorat berishgan va alomatlarini bayon etishgan edi. U tug`ilgan davrda odamlar turli mazhab va oqimlarda bo`lib o`zaro ziddiyatlar avj olgan, ba`zilar maxluqlarni xudo qilib olgan, boshqalar ma`budlarni xudo qilib olishgan edi. Ammo u kelib odamlarni gumrohlikdan qutqardi, jaholat botqog`idan najot berdi. So`ngra Alloh Taolo hazrat Muhammad(S.A.O.V)ga eng yaxshi ne`mat- ilqo bo`lish baxtini berdi va bu dunyodan boshqa dunyoga izzat ehtirom bilan muntaqil qilib bu dunyo mushkilotlaridan najot berdi.  U ham oldingi o`tgan anbiyolar kabi ummati orasida bo`lib risolatini (vazifasini0 bajardi. Allohning kitobini va o`zining o`rinbosarlarini odamlarga tanitdi. Chunki payg`ambarlar o`z ummatlarini rahbarsiz o`z boshiga tashlab ketmaydilar. Payg`ambarimiz (S.A.O.V) ham to`g`ri yo`lga boshlovchilarni ta`yin qilib keyingina bu dunyoni tashlab ketganlar.

 

Qur`on va diniy hukmlar



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next