Nahjulbalog`a



28.83 . Biz o'sha oxirat diyorini yer yuzida zulm va buzg'unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaraturmiz. Oqibat esa, taqvoli kishilarnikidir! (qasos surasi; 83-oyat);

Lekin ular bu oyatni nafaqat eshitish, balki yoddan ham bilar edilar. Ammo dunyoning zer-zabari ularni chalg`itib qo`ydi. Ogoh bo`lingizki, donalarni yordirgan, odamlarni yaratgan Allohga qasam bo`lsinkim, agar bu dunyoga aldanishlar bo`lmaganda edi, atrofim odamlar bilan to`la va ular men bilan birga qo`zg`olon qilgan bo`lur edilar. Bu jihatdan hujjat tamom bo`lgan (ya`ni haqiqat yetkazib bo`yindan soqit qilingan). Agarda ulamolar oldidagi jabru-sitam bilan kurashish  mas`uliyat bo`lmaganda edi, men hargiz xilofat tuyasiga minmagan bo`lar edim. Bilib qo`yinglarki, sizlarning qo`llaringizdagi jami dunyoning boyliklari qo`yning burnidan keluvchi suvchalik qadri yo`qdir (ya`ni men Allohning bo`ynimga yuklagan mas`uliyati uchun xalifa bo`ldim, boylik to`plash uchun emas).

Hazrat amiral-mominin Alining gapi shu yerga yetganda iroq ahli bo`lmish bir kishi o`rnidan turib, hazratga bir maktub berdi. Hazrat Ali xatni o`qib bo`lganlarida ibn Abbos :Yo amiral mo`minin kelgan joyidan suhbatingizni davom ettirsangiz qanday yaxshi bo`lar edi,-dedi. Lekin amiral mo`minin javobiga : -Hayhot yo ibn Abbos! U qalbimdagi otashning shu`lasi edi, endi tutab, o`chdi,- dedi. Ibn Abbos aytadi:-Allohga qasam bo`lsinkim, hech qachon aytgan gapim uchun usha kundagidek pushaymon bo`lmagan edim.

Bu xutba fasohatda nodir hisoblanib, xalqqa nasihat qilishdan iboratdir.

Ey Basra xalqi! Jaholat va gumrohlik qorong`iligidan bizning vositamiz tufayli yoruqqa chiqdingiz. Bizning ko`magimiz deb taraqqiyotga erishdingiz, subhning saodatli bizlar orqali yorqin bo`ldi, pandu nasihat faryodini eshitmaydigan quloqlar kar bo`lsin !

Nodonlik va jaholat baqirig`i deb kar bo`lgan quloq- haqning muloyim ohangini eshitmasligi aniq. Allohdan ayrilish xavfini qabul qilmagan qalblar , men sizlarning makrlaringiz oqibatini ko`zlar edim, aldanganlar nishonalarini sizlarda ko`rar edim. Faqatgina dindorlik pardasiga o`ranib olganlaringiz meni ayblaringizni ko`rmaganlikka olishga undar edi, lekin qalbim safosi sizlarning ichlaringizdagini menga bildirib turar edi. Sizlar jaholat yaylovida sargardon bo`lganlaringizda, rahbar va dalil topmagan choqlaringizda  haq yo`lga hidoyat qilgan men bo`laman, rahbarga tashna bo`lib uni topa olmayotganlaringizda men sizlarni haqiqat bulog`iga olib borib sug`organ edim. Bugun sukut tamg`asini sindirib tashlamoqchiman va qisqa – lo`nda qilib minglab tillarni sayratadigan gaplarni aytmoqchiman, ra`yimga xilof ish tutuvchilar uzoq bo`lsinlar, men haqiqatni topganimdan buyon biron marta ham undan shubhada bo`lmaganman, (agar ma`lum muddatga siyosatdan uzoqlashgan bo`lsam, haq ekanligimga  shubhada  bo`lganim yoki qo`rqqanim uchun emas,  balki hazrat Muso(a.s)ning qo`rquvlari kabi edi) hazrat Muso(a.s) o`zi uchun qo`rqmagan edi, balki qo`rquci sehrgarlar yutib chiqsalar xalq gumroh bo`lib ketadi, deb qo`rqqan edi. Bugun biz ikki yo`l o`rtasida turibmiz, biri – haq, ikkinchisi – botil, haqni topganlar o`z yo`llariga ishonch bilan boqarlar, shak-shubhalari ham yo`qdir, ular xuddi yonlarida doimo suvi bor odam kabidirlarki, suvsizlikka tushib har qanday sarobga aldanuvchi musofir kabi emasdirlar.

Hazrat Rasululloh(S.A.O.V)ning rihlatlaridan keyin Saqifada Abu Bakrga bay`at qilingandan so`ng, Alining amakilari Abbos va Abu Sufyon hazrat Aliga bay`at qilmoqchi bo`lishganida ul zot bunday deb aytgan edilar:

IXTILOF QILISHDAN HAZAR QILING

Ey xaloyiq ! fitnalarning tog`dek to`lqinlarini najot kemalari bo`lmish iymon va birlashishlik bilan parchalang, parokanda bo`lish va ixtiloflardan saqlaning, faxr toji va o`zni afzal bilishlikni uloqtiringlar. Ikki toifa odamlar sahih yo`ldadirlar: biri yetarli kuch-quvvati bo`lib kurashib g`alaba qilganlar bo`lsa, ikkinchisi esa-  yetarli imkoni bo`lmagani uchun bo`layotgan jarayonga indamay, odamlarni tinch qo`yganlardir. Xalqqa hukmronlik  qilish- hidlanib qolgan suvni ichish,  yoki halqumga qadalgan luqma kabi og`ir ishdir.  Yetilmagan mevalarni uzib oluvchilar dashti Kavir va yo sho`r yerga urug` ekkan odam kabidirlar, (ya`ni har bir qo`zg`olonning o`z muayyan vaqti bordir, u sharoit yetilmasdan oldin bu ishni qilgan odamlarning ishi natijasizdir).

IMOMNING ILMI VA AXLIQI HAQIDA



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 next