Niso surasi4.61 .Ularga: "Alloh nozil etgan (Qur'on) va Payg'ambar (so'zlarini muzokara qilish)ga kelingizlar", - deyilsa, munofiqlarning Sizdan (qochib) teskari qarab ketishlarini ko'rasiz. 4.62 .O'z qilmishlari tufayli boshlariga biror musibat tushgandan keyin, Sizga kelib: "Biz faqat yaxshilikni va o'rtani isloh etishni xohlagan edik", - deb, Alloh (nomi) bilan qasam ichganlarida qanday (bahona) bo'larkin?! 4.63 . Ana o'shalarning dillaridagi (nifoq)ni Alloh bilur. Bas, Siz ulardan yuz o'giring va ularga nasihat qiling hamda o'zlari haqida yetuk so'z ayting! 4.64 .Qaysi bir payg'ambarni yuborgan bo'lsak, Allohning izni bilan unga itoat qilinishi uchun (yuborganmiz). Agar ular o'zlariga zulm qilgach, darhol Sizga kelishib, Allohdan kechirim so'raganlarida va Payg'ambar ham ular uchun kechirim so'raganda, Allohni kechiruvchi va rahm-shafqatli topgan bo'lur edilar. Merciful . 4.65 .Bas, Rabbingiz haqqi, ular o'rtalaridan chiqqan nizolarga Sizni hakam qilmagunlaricha va so'ngra chiqargan hukmingizdan dillarida tanglik sezmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha, zinhor imon keltirmagaylar. 4.66 . Agar Biz ularga: "O'zlaringizni o'ldiring yoki yurtingizdan chiqib keting", - deb buyurganimizda edi, ozchiligidan boshqasi uni qilmagan bo'lur edilar. Bordiyu, ularga aytilgan nasihatlarga (amal) qilganlarida edi, o'zlari uchun yaxshiroq va (imonlari) mustahkamroq bo'lur edi. 4.67 .O'shanda (Biz ham) ularga O'z huzurimizdan ulkan mukofot bergan bo'lur edik. 4.68 . Shuningdek, ularni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgan bo'lur edik. 4.69 . Kimda-kim Alloh va Payg'ambarga itoat etsa, aynan o'shalar Allohning in'omiga erishgan zotlar - payg'ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar. Ular hamroh sifatida naqadar go'zaldir! 4.70 . Bu Allohdan (bo'lgan) fazldir. Alloh yetarli (darajada) bilimdondir.
|