AN`OM surasi



6.41 . Yo'q! Uning o'zigagina iltijo qilgan bo'lardingiz. U esa, xohlasa, so'ragan narsangiz (balo)ni daf etar edi. (Bunday holatda) keltirib yurgan shirklaringni unutasizlar.

6.42 . Sizdan oldingi ummatlarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz. Keyin zora (tavba-)tazarru qilsalar deb, ularni balo va ofatlarga duchor qilganmiz.

6.43 . Ularga Bizning balomiz kelganda, (tavba-)tazarru qilsalar bo'lmasmidi?! Lekin, dillari qotdi va shayton ularga qilib yurgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatdi.

6.44 .(Ular) eslatilgan narsa (sinovlar)ni unutganlarida ularga har narsaning eshiklarini ochib qo'ydik. Toki ularga berilgan narsa (nozu ne'mat)lar bilan shodu xurram bo'lib turganlarida, ularni birdan zabt etdik. Bas, ular (endi) noumiddirlar.

6.45 .Zulm qilganlar qavmining dumi qirqildi, alhamdu lillohi Rabbil-olamin!

6.46 .Ayting: "(O'ylab) ko'rdingizmi, bordiyu Alloh quloq va ko'zlaringizni olib qo'ysa va dillaringizni muhrlab qo'ysa, Allohdan boshqa uni (qayta joyiga) keltiradigan iloh kim ekan?" Oyatlarni qanday tasarruf qilayotganimizga, so'ngra ularning yuz o'girib ketishlariga (bir) boqing!

6.47 . Ayting: "O'zlaringni (bir o'ylab) ko'rdilaringmi - agar Allohning azobi birdaniga yoki oshkora kelsa, zolimlar qavmidan boshqasi halok qilinarmidi?!"

6.48 . Biz elchi (payg'ambar)larni faqat (odamlarga) xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchilar sifatida yuborurmiz. Kimki imon keltirib, (xatolarini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf ham yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.

6.49 . Oyatlarimizni yolg'onga chiqaruvchilarga esa, buzg'unchilik qilganlari sababli azob yetar.

6.50 . Ayting: "Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor ham demayman va g'aybni ham bilmayman. Shuningdek, sizlarga: "Men farishtaman" ham demayman. Men faqat, menga vahiy qilingan narsalargagina ergashaman". Ayting: "Ko'r bilan ko'ruvchi teng bo'ladimi? Fikr yuritmaysizlarmi?"



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 next