AN`OM surasi6.111 . Mabodo, Biz ularga farishtalarni tushirsak va o'liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo'lar edilar. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar. 6.112 . Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering. 6.113 . U (soxta so'zlar)dan oxiratga ishonmaydiganlarning dillari ta'sirlanishi va u bilan qanoatlanib, qiladigan narsa (gunoh)larini qilishlari uchun (vasvasa qildilar). 6.114 . (Ularga ayting): "Allohdan boshqa hakam izlayinmi, holbuki, U sizlarga Kitob (Qur'on)ni batafsil nozil qilgan zotdir". Biz Kitob bergan (Ahli Kitob)lar u (Qur'on)ning haqiqatan Rabbingizdan nozil qilinganligini biladilar. Bas, aslo shak qiluvchilardan bo'lmang! 6.115 . Rabbingiz so'zi rostlik va adolatda kamoliga yetdi. Uning so'zlarini o'zgartiruvchi (kuch) yo'q. U eshituvchi va biluvchidir. 6.116 . Yer (yuzi)dagi ko'p kishilar (so'zi)ga itoat qiladigan bo'lsangiz, Sizni Alloh yo'lidan yanglishtiradilar. (Ular) faqat gumonga beriladilar va faqat yolg'onchilik qiladilar. 6.117 .Albatta, Rabbingiz (Uning) yo'lidan yanglishgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat topganlarni ham yaxshi biluvchidir. 6.118 . Bas, agar Uning oyatlariga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, (so'yishda) Allohning nomi aytilgan narsa (ma'lum hayvonlar go'shti)dan yeyaveringizlar. 6.119 . Sizlarga ne bo'ldiki, Allohning nomi aytilgan narsa (hayvon go'shtlari)dan yemaysizlar?! Vaholanki, (U) sizlarga harom qilgan narsalarni, zarurat holatingiz mustasnoligini batafsil bayon qilgan edi. Albatta, ko'pchilik o'z havoyu xohishlari tufayli bilmasdan (o'zlarini) yanglishtiradilar. Albatta, Rabbingiz tajovuzkorlarni biluvchiroqdir. 6.120 . Gunohning oshkorasini ham, maxfiysini ham tark etingizlar! Albatta, gunoh qilganlar qilmishlari tufayli jazolanurlar.
|