AN`OM surasi



6.131 . Bu (ishimizning boisi) Rabbingizning aholisi g'ofil (ogohlantirilmagan) qishloqlarni zulman halok qiluvchi emasligidir.

6.132 .Har (kim) uchun qilgan amallaridan (kelib chiqib belgilangan) daraja (maqom)lar bor. Rabbingiz (ularning qilayotgan amal (ish)laridan g'ofil emasdir.

6.133 . Rabbingiz boy va marhamatlidir. Agar xohlasa, sizlarni ketkazib (yo'q qilib), sizlardan keyin (o'rningizga) sizlarni boshqa qavm zurriyotidan paydo qilgani kabi O'zi xohlagan (avlod)ni keltiradi.

6.134 .Albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (oxiratdagi ishlar) keluvchidir. Sizlar (o'lib ketish bilan bizni) ojiz qoldiruvchi emassizlar.

6.135 . Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, qavmim! Makoningizda (o'z aqidangizda) turib, amal qilavering. Men (ham), albatta, amal qiluvchiman. Diyor (oxirat)ning oqibati kimga bo'lishini bilajaksizlar. Albatta, zolimlar tole topmagaylar".

6.136 . (Mushriklar U) yaratgan ekin va chorvalardan Allohga ulush ajratib(o'z aqidalari bo'yicha): "Bu Alloh uchun, bunisi sherik (but)larimiz uchun", - deydilar. Bas, butlari uchun bo'lgani Allohga yetib bormaydi. Alloh uchun bo'lgani sherik (but)lariga "yetib" boradi. Qilgan hukmlari naqadar yomon!

6.137 . Shunday qilib, ko'p mushriklarga o'z sherik (but)lari ularni halokatga uchratish va dinlarini chalkashtirib yuborish uchun o'z bolalarini o'ldirish (kabi noxush ishlar)ni chiroyli (ma'qul) ko'rsatib qo'ydilar. Agar Alloh xohlaganida, buni qilmagan bo'lur edilar. Ularni o'z bo'htonlari bilan (o'z hollariga) qo'yavering.

6.138 . Ular o'z (aqida)laricha: "Bu chorva va ekinlar harom. Ularni faqat biz ravo ko'rganlargina yeydilar. Bu hayvonlarni esa minish harom qilingan. (So'yishda) Allohning nomi aytilmaydigan hayvonlar ham bor", - deb, U (Alloh)ning sha'niga bo'hton to'qiydilar. To'qigan bo'htonlari sababli (U) ularni jazolagay.

6.139 . Yana aytadilarki: "Bu hayvonlarning qorinlaridagi narsalar faqat erkaklarimiz uchundir. Xotinlarimizga esa harom qilingandir". Agar (qorindagi narsa) o'lik bo'lsa, hammalari (eru xotinlar) sherik emish. Bu vasflariga (yarasha Alloh ularni) jazolagay. Albatta, U hikmat va ilm sohibidir.

6.140 . O'z bolalarini ilmsizlik qilib johilona o'ldirgan va Allohga tuhmat qilib, ular uchun Alloh rizq qilib bergan (hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o'zlariga) ziyon qildilar. (Ular) haqiqatan adashdilar va to'g'ri yo'lga yuruvchi bo'lmadilar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 next