Muminun surasi



23.61 . aynan o'shalar yaxshiliklarni qilishga shoshurlar va unda o'zuvchidirlar.

23.62 . Biz hech bir jon (egasi)ni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Bizning dargohimizda faqat haqni so'zlaydigan bitik bordir. Ularga zulm qilinmas.

23.63 . Yo'q, (kofirlarning) dillari bundan g'aflatdadir. Ular uchun bundan boshqa o'zlari qiluvchi bo'lgan (befoyda) ishlar bordir.

23.64 . Toki Biz ularning to'q (mag'rur) yashaydiganlarini (biror) azobga giriftor qilganimizda, bexos ular faryod qilurlar.

23.65 . "Bugun endi faryod qilmangiz! Albatta, sizlarga Biz (tomon)dan yordam berilmas.

23.66 . (Chunki) sizlarga oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ortingizga qarab yurgan edingiz.

23.67 . ("Baytulloh haramidamiz", deb) u bilan mutakabbirlik qilib, tungi suhbatlaringizda (Qur'on xususida) behuda so'zlarni aytar edingizlar".

23.68 . Axir, ular bu So'zni (Qur'onni) tafakkur qilib ko'rmadilarmi yoki ularga avval o'tgan ota-bobolariga kelmagan narsa keldimi?!

23.69 . Yoki o'z payg'ambarlarini tanimay uni inkor qiluvchi bo'ldilarmi?!

23.70 . Yoxud: "Unda (Muhammadda) jinnilik bor", - deydilarmi?! Yo'q! (U) ularga haqiqatni keltirdi. Ularning aksariyati esa, haqiqatni yomon ko'ruvchilardir.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next