Muminun surasi



23.11 . Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u yerda ular mangu qoluvchidirlar.

23.12 . Qasamki, Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik.

23.13 . So'ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)dagi maniy qildik.

23.14 . So'ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go'sht qilib yaratdik, bas, parcha go'shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go'sht qopladik, so'ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng go'zali - Alloh barakotlidir!

23.15 . So'ngra, albatta, sizlar (ey, insonlar,) mana shundan keyin, albatta, vafot etuvchidirsizlar.

23.16 . So'ngra sizlar, albatta, qiyomat kuni qayta tirilursizlar.

23.17 . Darvoqe, Biz ustingizda yetti yo'lni (yetti qavat osmonni) yaratdik. Biz yaratuvchilikdan g'ofil bo'lmadik.

23.18 . Biz osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerga joylab qo'ydik va Biz uni ketkazishga ham, albatta, qodirdirmiz.

23.19 . So'ngra Biz sizlar uchun u (suv) bilan xurmo va uzum bog'larini paydo qildik. Sizlar uchun u (bog')larda ko'p mevalar bo'lur va sizlar ulardan yeysizlar.

23.20 . Yana (Biz sizlar uchun) Turi Sayno (tog'i)dan chiqadigan yog' va yeguvchilar uchun nonxurush holda o'sadigan bir daraxtni (zaytunni yaratdik).



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next