Muminun surasi23.51 . (Payg'ambarlarimizga shunday dedik): "Ey, payg'ambarlar! Pok (taom)lardan yenglar va ezgu (ish) qilinglar! Albatta, Men qilayotgan ishlaringizni biluvchidirman. 23.52 . Albatta, u (ya'ni, diningiz) bir millat (ya'ni, Islomdir). Men esa sizlarning Rabbingizdirman, bas, Mendan qo'rqingiz!" 23.53 . So'ng (odamlar) ishlarini (dinlarini) turlarga bo'lib yubordilar. Har bir guruh o'z oldilaridagi narsa (din) bilan mamnundirlar. 23.54 . Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni (ma'lum) vaqtgacha o'z g'aflatlarida qoldiring! 23.55 . Biz ularga berayotgan boylik va farzandlarni 23.56 . o'zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz (belgisi) deb hisoblaydilarmi?! Yo'q, ular (buning hikmatini) sezmaydilar! 23.57 . Albatta, Parvardigorlaridan qo'rqib, xavfda turuvchilar, 23.58 . Parvardigorlarining oyatlariga imon keltiradiganlar, 23.59 . Parvardigorlariga shirk keltirmaydiganlar, 23.60 . shuningdek, sadaqalarini (qiyomatda) Parvardigorga qaytuvchi ekanlaridan dillari qo'rqib turgan holda beradigan kishilar,
|