Muminun surasi23.41 . Bas, haqiqatan ham ularni (mudhish bir) qichqiriq tutdi. Biz esa ularni xazonga aylantirdik. Zolimlar qavmiga halokat bo'lgay! 23.42 . So'ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik. 23.43 . Hech bir ummat o'z ajalidan o'zib ham keta olmas, (uni) ortga ham sura olmas! 23.44 . So'ngra paydar-pay payg'ambarlar yubordik. Har gal biror ummatga (o'z) payg'ambari kelsa, uni inkor etdilar. Bas, Biz ularni birin-ketin (halok) qildik va ularni (odamlar og'zida yuradigan) gapga aylantirib qo'ydik. Bas, imon keltirmaydigan qavmga halokat bo'lgay! 23.45 . So'ngra Biz Muso va uning birodari Horunni mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik. 23.46 . Fir'avn va uning zodagonlariga (payg'ambar qilib yubordik). Ular esa kibr-havo qildilar. Ular mutakabbirlar qavmi edilar. 23.47 . Bas, aytdilar: "Xuddi o'zimizga o'xshagan ikki kishiga imon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi (Isroil avlodi) bizlarga quldirlar". 23.48 . Bas, ikkisini yolg'onchiga chiqarishib, halok qilinuvchilardan bo'ldilar. 23.49 . Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Kitob (Tavrot)ni ato etdik. 23.50 . (Keyin) Maryamning o'g'li (Iso)ni va uning onasini alomat qildik va ikkisini bir oqin suvli baland qarorgohga joyladik.
|