Muminun surasi



23.81 . Yo'q, ular ham xuddi avvalgilar aytgan so'zlarni aytdilar.

23.82 . Dedilar: "Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!

23.83 . Darvoqe, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu va'da qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir!"

23.84 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Agar biluvchi bo'lsangizlar (aytinglar-chi), Yer va undagi bor jonzot kimniki?"

23.85 . Ular: Albatta, "Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (shundan) eslatma olmaysizlarmi?!"

23.86 . Ayting: "Yetti osmonning Rabbi hamda ulug' Arshning Rabbi kimdir?"

23.87 . Ular: "(Bular ham) Allohnikidir",- derlar. Ayting: "Axir qo'rqmaysizlarmi?!"

23.88 . Ayting: "Agar bilsangizlar (aytinglarchi), barcha narsaning hukmronligi "qo'li"da bo'lgan, o'zi (barchaga) homiylik qiladigan, Unga qarshi homiylik qilinmaydigan zot kimdir?"

23.89 . Ular: "(Bular ham) Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (unda) nechuk sehrlanmoqdasizlar?!"

23.90 . Yo'q! Biz ularga (qayta tirilishlari haqidagi) haqiqatni keltirdik. Ular esa hanuz yolg'onchidirlar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next