Muminun surasi23.1 . Mo'minlar najot topdilar. 23.2 . Ular namozlarida kamtardirlar. 23.3 . Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar. 23.4 . Ular zakotni ado etuvchidirlar. 23.5 . Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir. 23.6 . Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. 23.7 . Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir. 23.8 . Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir. 23.9 . Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir. 23.10 . Aynan o'shalar, merosxo'rlardir,
|