Muminun surasi23.31 . So'ngra Biz ulardan keyin boshqa avlodni (Od qabilasini) paydo qildik. 23.32 . Bas, ularga o'zlaridan bir payg'ambarni (Hudni) yubordik. (U aytdi): "Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. Axir, qo'rqmaysizlarmi?!" 23.33 . Uning qavmidan kofir bo'lgan, oxirat muloqotini inkor etgan va Biz dunyo hayotida badavlat qilib qo'ygan kimsalar dedilar: "Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. U ham sizlar yeydigan narsadan yeydi, sizlar ichadigan narsadan ichadi. 23.34 .Qasamki, agar sizlar o'zingizga o'xshagan odamga itoat qilsangizlar, u holda sizlar, albatta, ziyon ko'ruvchidirsizlar. 23.35 . U sizlarga o'lib tuproq va suyaklarga aylanganingizdan keyin, albatta, (qabrlaringizdan) chiqariluvchidirsizlar, deb va'da bermoqdami? 23.36 . Sizlarga va'da qilinayotgan narsa (aqldan) juda-juda uzoqdir! 23.37 . Hayot faqat (shu) dunyodagi hayotimizdir. (Ayrimlarimiz) o'lsak, (boshqalarimiz) yashayveramiz. Biz qayta tiriluvchi emasmiz. 23.38 . U (Hud) faqat Alloh sha'niga yolg'on to'qigan shaxsdir. Bizlar unga imon keltiruvchi emasmiz". 23.39 . (Shunda Hud) aytdi: "Ey, Rabbim! Meni yolg'onchi qilganlari bois menga yordam qilgin". 23.40 . (Alloh) dedi: "Ozginadan keyin ular, albatta, pushaymon qiluvchilarga aylanib qolurlar".
|