Muminun surasi



23.91 . Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta, har bir iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-biridan ustun bo'lib olur edilar (natijada Yeru osmon buzilib ketgan bo'lur edi). Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir.

23.92 . U maxfiy (sir) va oshkora (gap va ishlar)ni biluvchidir. Bas, keltirayotgan shirklaridan U oliy (pok)dir.

23.93 . Ayting: "Ey, Rabbim, menga (kofirlarga) va'da qilinayotgan narsa (azob)ni, ko'rsatsangchi?!

23.94 . Ey, Rabbim! (o'shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!"

23.95 . Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsa (azob)ni Sizga ko'rsatishga qodirdirmiz.

23.96 . Siz (ular qilayotgan) yomonlikni go'zal (so'zlar) bilan daf eting! Biz ular sifatlayotgan narsani yaxshi biluvchidirmiz.

23.97 . Ayting: "Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so'rayman.

23.98 . Yana men Sendan ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so'rayman".

23.99 . Toki ulardan (mushriklardan) birortasiga o'lim kelganida: "Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga) qaytaringlar.

23.100 . Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam", - der. Yo'q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next