Muminun surasi



23.21 . Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir: sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko'p foydalar bordir, shuningdek, ular(ning go'sht-yog'lari)dan yeysizlar.

23.22 .Yana, (quruqlikda) ularga va (dengizlarda) kemalarga minib yurasizlar.

23.23 . Darvoqe, Biz Nuhni o'z qavmiga payg'ambar qildik. Bas, u: "Ey, qavmim! Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. Axir, qo'rqmaysizlarmi?" - dedi.

23.24 . Shunda uning qavmidan kofir bo'lgan zodagonlar: "Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. (Faqat) sizlardan ustun bo'lib olmoqchi. Agar Alloh (payg'ambar yuborishni) xohlasa edi, farishtalarni tushirgan bo'lur edi. Bizlar bu (Nuh so'zlari)ni avvalgi ota-bobolarimizdan eshitgan emasmiz.

23.25 . U (ya'ni, Nuh) faqat bir jinni odamdir. Bas, uni bir (oz) vaqtgacha kuzatib turinglar", - dedilar.

23.26 . (Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim! Ularning menga nisbatan inkoriga qarshi O'zing menga yordam qilgin".

23.27 . Bas, Biz unga vahiy qildik: "Bizning himoyamizda va vahiymiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan (olov o'rniga) favvoralar otilgan vaqtida, u kemaga har (jonivor)dan bir juftdan va oilangni solgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni so'zimiz (g'arq bo'lishi haqidagi hukmimiz) kechgan bo'lsa (ularni tark qilgin) hamda ular haqida (najot so'rab) Menga xitob (iltijo) qilmagin. Ular, albatta, g'arq qilinuvchidirlar!

23.28 . Endi, qachonki o'zing va sen bilan birga bo'lgan kishilar kemaga joylashib olgach, aytgin: "Bizlarni zolimlar qavmidan qutqargan Allohga hamd (aytamiz)".

23.29 . Yana ayt: "Ey, Rabbim! Meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen (manzilga) tushiruvchilarning yaxshisidirsan".

23.30 . Albatta, bunda (Nuh va uning qavmi voqeasida) alomatlar bordir. Biz imtihon qiluvchidirmiz.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next