Muminun surasi



23.1 . Mo'minlar najot topdilar.

23.2 . Ular namozlarida kamtardirlar.

23.3 . Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar.

23.4 . Ular zakotni ado etuvchidirlar.

23.5 . Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir.

23.6 . Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar.

23.7 . Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir.

23.8 . Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir.

23.9 . Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir.

23.10 . Aynan o'shalar, merosxo'rlardir,



1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next