Enbiya surasi



21.71. Unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun muborak qilgan yer (Shom)ga (yubordik).

21.72 . Biz (Ibrohimga) Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ham (nabira qilib) qo'shib berdik hamda barchalarini solih kishilar qildik.

21.73 . Yana ularni Bizning amrimiz bilan (odamlarni) hidoyat etadigan peshvolar qildik va ularga yaxshi amallar qilishni, namozni to'la ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizgagina ibodat qiluvchi bo'ldilar.

21.74 . Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni iflos ishlar qiluvchi qishloq (ahli)dan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon, buzuq qavm edilar.

21.75 . Uni (Lutni) o'z rahmatimizga doxil qildik. Haqiqatan, u solihlardandir.

 

21.76 . Nuhni (eslang), u ilgari nido qilganida, Biz uni (nidosini) mustajob qilib, o'zini va ahlini buyuk g'amdan qutqardik.

21.77 . Unga oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm ustidan g'alaba ato etdik. Darhaqiqat, ular yomon qavm edilar. Bas, ularni barchasini g'arq qilib yubordik.

21.78 . Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilgan kezlarini (eslang). O'shanda unga qavmining qo'ylari (tunda) kirgan (va uni payhon qilgan) edi. Biz ularning (chiqargan) hukmiga shohid edik.

21.79 . Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik. Biz har ikkisiga hikmat (payg'ambarlik) va ilm ato etdik. Tog'lar va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo'yin sundirib qo'ydik. Biz shunday qila oluvchidirmiz.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next