Enbiya surasi



21.41 . (Ey, Muhammad,) aniqki, Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham masxara qilingan. Bas, ularning ustidan kulgan kimsalarni o'zlari masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) qamrab olgandir.

21.42 . Ayting: "Kechasiyu kunduzi sizlarni Rahmon (azobi)dan kim saqlay olur?!" Yo'q, ular Parvardigorlari zikridan yuz o'giruvchilardir.

21.43 . Yoki ularda Bizdan o'zga himoya qiladigan "ilohlar" bormi?! Ular o'zlariga yordam qilishga ham qodir emaslar va ular Biz (tomon)dan ham himoya qilinmaslar.

21.44 . Yo'q, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto ularga umr uzun ko'rindi. Axir, ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (kufr dunyosi qisqarib borayotganini) ko'rmaydilarmi?! Bas, ular g'olibmilar?!

21.45 . Ayting: "Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantirurman. (Lekin) "karlar" ogohlantirilayotgan vaqtlarida da'vatni eshitmaydilar".

21.46 . Qasamki, agar ularga Rabbingizning azobidan andak yetsa, albatta, ular: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar (o'zimizga) zolim ekanmiz", - deb qolurlar.

21.47 . Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qo'yurmiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xantal (o'simligi) urug'idek (yaxshi yoki yomon amali) bo'lsa ham, o'shani keltirurmiz! Biz o'zimiz yetarli hisob-kitob qiluvchidirmiz.

21.48 . Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga Furqon (Tavrot), ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma ato etdik.

21.49 . Ular Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqurlar va qiyomatdan ham ular xavfda turuvchilardir.

21.50 . Bu (Qur'on) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?!



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next