Enbiya surasi



21.90 . Bas, Biz uni (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o'nglab (tug'adigan qilib) qo'ydik. Darhaqiqat, ular (mazkur payg'ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag'bat va qo'rquv bilan duo qilar edilar hamda Bizga itoat etuvchi edilar.

21.91 . Yana o'z nomusini saqlagan ayolni (Maryamni eslang). Bas, ruhimizdan unga pufladik (u Isoga homilador bo'ldi) va uni hamda o'g'lini olamlar uchun alomat qildik.

21.92 . (Ey, insonlar,) sizlarni ushbu diningiz (aslida) bir din (ya'ni, Islom)dir. Men esa (barchalaringizning) Rabbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingizlar!

21.93 . (Odamlar) esa ishlarini (dinlarini) o'zaro bo'lib oldilar. Barcha(lari) Biz sari qaytuvchidirlar.

21.94 . Bas, kim mo'minlik holida solih (amal)lardan qilsa, uning sa'y-harakati zoye ketmas. Biz, albatta, uni yozib qo'yuvchidirmiz.

21.95 . Biz halok qilgan qishloq (ahli) qayta (hayotga) kelmasligi mumkin emasdir.

21.96 . To Ya'juj va Ma'juj (to'g'oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan,

21.97 . haqqoniy va'da (qiyomat) yaqin bo'ladigan vaqtda bexos kofir bo'lganlarning ko'zlari qotib: "Ey, holimizga voy, bizlar bundan g'aflatda ekanmiz. (Yo'q), balki bizlar zolim ekanmiz" (deydilar).

21.98 . (Ey, mushriklar,) sizlar va Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz ham jahannam o'tinlaridir. Sizlar Unga tushuvchidirsizlar!

21.99 . Agar o'sha (ma'buda)lar (chindan ham) shohlar bo'lganida, (jahannamga) tushmagan bo'lur edilar. Barchalari u yerda mangu qoluvchidirlar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next