Enbiya surasi21.11 . Qanchalab zolim qishloq (ahli)ni halok qildik va ularning ortidan boshqa qavmlarni paydo qildik. 21.12 . Bas, qachonki, ular azobimiz (kelishi)ni sezib qolishgach, birdaniga u joydan qochib qolurlar. 21.13 . (Shu payt farishtalar): "Qochmanglar, maishatga botgan joylaringizga, o'z maskanlaringizga qaytinglar, balkim so'roq qilinursizlar", (deganlarida): 21.14 . (Ular o'zaro): "Ey, holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar zolim ekanmiz", - dedilar. 21.15 . Bas, to Biz ularni (giyoh kabi) o'rilgan, (olov kabi) o'chgan (o'lgan) holga keltirgunimizcha shu (hol) ularning da'vo (dod-voy)lari sifatida davom etdi. 21.16 . Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q. 21.17 . Bordiyu, o'yin-kulgi qilishni (xotin va farzand orttirishni) istasak, agar (shunday) qiluvchi bo'lganimizda ham uni o'z huzurimizdan (ya'ni, farishtalardan yoki jannat hurlaridan) qilgan bo'lur edik. 21.18 . Yo'q, (Biz) Haq (Qur'on)ni botil (jaholat)ning ustiga tashlaymiz, bas, uni ezib yuborgach, bexos (botil) yo'q bo'lur. Sizlarga esa (ey, mushriklar, Allohning bunday) sifatlaganingiz sababli holingizga voy! 21.19 . Osmonlar va Yerdagi borliq Unikidir. Uning huzuridagi zotlar (farishtalar) Uning ibodatidan orlanmaydilar ham, charchamaydilar ham. 21.20 . Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan (Allohga) tasbeh aytadilar.
|