Enbiya surasi



21.51 . Darhaqiqat, Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga to'g'ri yo'lni ato etdik. Biz uni biluvchimiz.

21.52 . O'shanda (Ibrohim) otasi va qavmiga: "Sizlar doimo sig'inadigan bu haykallar nimadir?!" - dedi.

21.53 . (Ular) aytdilar: "Bizlar ota-bobolarimizni ularga sig'ingan holda topganmiz".

21.54 . (U) dedi: "Darhaqiqat, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq zalolatda ekansizlar".

21.55 . (Ular) aytdilar: "Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen o'yin qiluvchilardanmisan?"

21.56 . (U) dedi: "Yo'q! Sizlarning Rabbingiz (butlar emas, balki) osmonlar va Yerning Parvardigoriki, ularni o'zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardandirman.

21.57 . Alloh nomiga qasamki, sizlar o'girilib (bayramga) ketganlaringizdan keyin butlaringizga makr (hujum) qilurman".

21.58 . Bas, u (butlarni) parchalab tashladi. Faqat, "(mushriklar butlarning) kattasiga qaytsinlar" (deb) o'shanigina (qoldirdi).

21.59 . Ular (qaytib kelib): "Bizning ilohlarimizni kim bunday qildi? (Kim bo'lsa ham) u zolimlardan ekan", - dedilar.

21.60 . Ular (ayrimlari) aytishdi: "Ularni gapirib (ayblab) yuradigan Ibrohim degan bir yigitni eshitgandik".



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next