Enbiya surasi



21.100 . Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u yerda (hech narsani) eshitmaslar.

21.101 . Albatta, Biz (tomon)dan sobiqan go'zal (martaba) berilgan zotlar - aynan o'shalar (jahannamdan) uzoq qilinganlardir.

21.102 . Ular uning (olovning) sharpasini ham eshitmaslar. Ular o'zlari istagan ne'matlarda mangudirlar.

21.103 . Ularni Buyuk dahshat (qiyomat) g'amgin qilmas. Ularni farishtalar: "Mana shu sizlarga va'da qilingan kundir", - deb kutib olurlar.

21.104 . U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o'ragan kabi o'rab, birinchi marta qanday yaratgan bo'lsak, (o'sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz.

21.105 . Biz Zikrdan so'ng Zaburda: "Albatta, (jannatdek) yerga faqat Mening solih bandalarim voris bo'lurlar", - deb yozib qo'ygandirmiz.

21.106 . Albatta, bunda ibodat qiluvchilar qavmi uchun yetarli narsa bordir.

21.107 . (Ey, Muhammad,) Biz Sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz

21.108 . Ayting: "Menga ilohingiz yagona Iloh ekani vahiy qilinur. Bas, (endi) musulmonmisizlar?"

21.109 . Bas, agar yuz o'girsalar, ayting: "Men sizlarga (vahiyni) barobar eshittirdim. Sizlarga va'da qilingan (qiyomat azobi) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman.

21.110 . Albatta, U so'zning oshkorasini ham bilur, sizlar yashiradigan (so'zlar)ni ham bilur.

21.111 . Bilmayman, ehtimol bu (jazoning kechiktirilishi) sizlar uchun bir sinov va bir oz vaqtgacha (o'lguningizgacha) foydalanishdir".

21.112 . Muhammad) aytdi: "Ey, Rabbim! o'zing haqqoniy hukm qilgin! Rabbimiz mehribondir va sizlarning (noo'rin) sifatlashlaringizga qarshi Undan madad so'raluvchidir".



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11