Enbiya surasi



21.61 . (Shunda ularning kattalari): "Uni odamlar oldiga keltiringiz, shoyad ular guvoh bo'lishsa", - deyishdi.

21.62 . (Uni keltirishgach): "Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey, Ibrohim?" - deb (so'rashdi).

21.63 . (Ibrohim) aytdi: "Yo'q, bu ishni ularning kattasi - mana bu (haykal) qildi. Bas, ulardan so'ranglar, agar gapira olsalar".

21.64 . Bas, (mushriklar) o'zlariga (hushlariga) kelib (bir-birlariga): "Sizlar o'zingiz zolimlarsiz", - dedilar.

21.65 . So'ngra, yana boshlari aylanib: "Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilardingku?!" - deyishdi.

21.66 . (Ibrohim) aytdi: "Axir, Allohni qo'yib, sizlarga biror foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga sig'inasizlarmi?!

21.67 . Sizlarga ham, Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaringizga ham tuf-ye! Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!"

21.68 . (Namrud boshchiligidagi mushriklar) dedilar: "Uni yoqib yuboringlar! Agar qiluvchi bo'lsalaring (shu ish bilan) ilohlaringizga yordam qilinglar!"

21.69 . Biz aytdik: "Ey, olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik bo'l!"

21.70 . Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Biz esa ularning o'zlarini ko'proq ziyon ko'ruvchi qilib qo'ydik.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next