Enbiya surasi21.31 . Yer ularni (odamlarni) tebratmasin uchun unda tog'larni (paydo) qildik va yo'l topib yurishlari uchun unda keng dara va yo'llarni paydo qildik. 21.32 . Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo'ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz o'giruvchidirlar. 21.33 . U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bu ikkisining) har biri falakda suzib yurar. 21.34 . (Ey, Muhammad,) Biz sizdan avval biror odamzotga mangu hayot bergan emasmiz, Siz o'ladiganu, ular mangu qoluvchilarmi?! 21.35 . Har bir jon o'limni totuvchidir. Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat bizgagina qaytarilursizlar. 21.36 . (Ey, Muhammad,) qachon kofir bo'lganlar Sizni ko'rsalar, faqat (bir-birlariga Sizni ko'rsatishib): "Ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana shumi?" - (deyishib) masxara qiladilar. Holbuki, ularning o'zlari Rahmonning zikri (Qur'on)ni inkor etuvchilardir. 21.37 .(Haqiqatan) inson shoshqaloq qilib yaratilgandir. Yaqinda Men sizlarga o'z alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, Meni shoshiltirmangiz! 21.38 . Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangiz (aytinglar-chi), mana shu va'da qachon bo'ladi?" - derlar. 21.39 . Agar kofir bo'lganlar na oldilaridan va na ortlaridan olovni to'sa olmay qolishadigan, ularga yordam berilmaydigan vaqtni (qiyomat kuni shiddatini) bilsalar edi, (bu so'zlarni aytmagan bo'lur edilar). 21.40 . Yo'q, (qiyomat) to'satdan kelib, ularni hayronu lol qilib qo'yar, bas, uni qaytarishga kuchlari yetmas, ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas.
|