Tavba surasu9.11 . Agar tavba qilsalar va namozni mukammal ado etib, zakot bersalar, u holda (ular) sizlarning din jihatdan birodarlaringizdir. Biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon eturmiz. 9.12 . Agar ahdlashganlaridan keyin (uni) buzsalar va sizlarga diningizni ta'na qilsalar, unda (bu kabi) kufr peshvolariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun (hech qanday muqaddas) qasamlar yo'qdir. Shoyad (shunda qilmishlaridan) qaytsalar. 9.13 . Qasamlarini buzgan va Payg'ambarni (Makkadan) chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda o'zlari birinchi bo'lib sizlarga qarshi (jang) boshlaganlar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qo'rqasizlarmi?! Bas, qo'rqishlaringga Alloh haqliroqdir, agar mo'min esangiz. 9.14 . Ular bilan urushingiz, (shunda) Alloh ularni sizlarning qo'llaringiz bilan azoblaydi, (asirga tushirib) sharmsor qiladi va sizlarni ular ustidan g'alaba qozontiradi hamda mo'minlar qavmi siynalariga shifo beradi 9.15 . va dillaridagi alamni ketkazadi. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning tavbasini qabul etadi. Alloh bilimli va hikmatli (zot)dir. 9.16 . Yoki sizlardan (Haq yo'lida) kurashgan va Allohdan, Rasulidan va mo'minlardan o'zgalarni (sirdosh) do'st tutmaganlarni Alloh bilmay (sinamay) o'z hollaringizga tashlab qo'yilasizlar, deb hisobladingizmi? Alloh qilayotgan ishlaringizdan ogohdir. 9.17 . Mushriklar o'zlarining kofirliklariga guvoh bo'lgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari mumkin emas. Ana o'shalarning qilgan ishlari habata (behuda) ketib, do'zaxda o'zlari mangu qolurlar. 9.18 . Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni mukammal o'qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqanlar obod qilurlar. Aynan o'shalar hidoyat topuvchilardan bo'lishlari mumkin. 9.19 . Hojiga suv ulashish va Masjidi Haromni obod qilish (vazifalarini o'tayotganlar)ni Allohga va oxirat kuniga ishongan va Alloh yo'lida kurashganlar bilan teng qildingizmi?! Alloh nazdida (ular) teng bo'lmaydilar. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay. 9.20 . Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (toatida) mollari va jonlari bilan kurashganlar Allohning nazdida darajalari ulkan zotlardir va aynan o'shalar yutuq egalaridir.
|