Tavba surasu9.110 . Qurgan binolari (buzib tashlangach,) to yuraklari yorilgunga (o'lgunga) qadar dillarida shak bo'lib qolur. Alloh bilimli va hikmatlidir. 9.111 . Alloh mo'minlardan jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi: Alloh yo'lida jang qilib, o'ldiradilar va o'ldiriladilar. Tavrot, Injil, va Qur'onda O'zining haq va'dasini bergan Allohdan ko'ra kim ahdiga vafodorroqdir?! Bas, bitishgan bu savdolaringizdan shodlaningizlar! Ana o'sha ulkan yutuqdir! 9.112 . (Ular) tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd (shukrona) aytuvchilar, ro'za tutuvchilar, ruku' etuvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyuruvchilar, yomonlikdan qaytaruvchilar va Allohning hududi (buyruqlari)ni rioya qiluvchilardir. Mo'minlarga xushxabar bering! 9.113 . Na payg'ambar va na mo'minlar mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo'lsa ham - ularning do'zax ahli ekanliklari ma'lum bo'lgandan keyin - istig'for (gunohlarini kechirishini) so'rashlari joiz emas. 9.114 . Ibrohimning (o'z) otasi uchun istig'for so'rashi faqat unga qilgan va'dasi tufayli edi. Allohning dushmani ekanligi bilingandan keyin undan (otasidan) voz kechdi. Albatta, Ibrohim oqko'ngil va halimdir. 9.115 . Alloh biror qavmni hidoyat qilgandan keyin to ularga nimadan saqlanishlarini bayon qilmagunicha, ularni adashtiruvchi bo'lmagan. Albatta, Alloh har narsani biluvchidir. 9.116 . Albatta, osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xosdir. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Sizlar uchun Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham yo'qdir. 9.117 . Alloh Payg'ambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul etdi. Ulardan bir guruhining dillari chalg'iyozgandan keyin og'ir (bir) soatda unga ergashgan edilar. So'ng tavbalarini qabul etdi. Albatta, U ularga mushfiq va rahmlidir. 9.118 . Yana (jangga chiqmay) qolgan uch kishining ham (tavbalarini qabul etdi)*. Ularga Yer (shuncha) kengligi bilan torlik qilgach va dillari tang bo'lgach hamda Alloh (g'azabi)dan faqat Unga qochish bilan panoh topilishini bilishgach, so'ngra ular tavba qiluvchilardan bo'lishlari uchun Alloh tavbalarini qabul etdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va o'ta rahmlidir. 9.119 . Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va (imonda) sodiq kishilar bilan birga bo'lingiz!
|