YUNUS surasi10.80 . Bas, sehrgarlar kelgach, Muso ularga: "Tashlamoqchi bo'lgan narsangizni tashlangiz!" dedi. 10.81 .(Qo'llaridagi narsalarni) tashlaganlarida, Muso dedi: "Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh, albatta, uni botil (barbod) qilur. Zero, Alloh buzg'unchilarning ishini tuzatmaydi. 10.82 .Garchi jinoyatchilar yoqtirmasalar-da, Alloh o'z so'zlari (amrlari) bilan haqiqatni ro'yobga chiqarur. 10.83 . Musoga qavmidan faqat bir guruh kishilar Fir'avn va uning zodagonlarining fitna qilishlaridan xavfsiragan holda imon keltirdilar. Zero, Fir'avn Yerda "oliy" va u isrofgar (tajovuzkor)lardandir. 10.84 . Muso dedi: "Ey, qavmim! Allohga imon keltirgan ekansizlar, bas, Unga tavakkul ham qilingizlar, agar musulmon bo'lsangizlar, albatta". 10.85 .Bas, ular dedilar: "Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Zolimlar qavmiga bizni fitna (aldanuvchi) qilib qo'ymagin! 10.86 . O'z rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan xalos etgin!" 10.87 . Muso va uning birodariga vahiy orqali: Qavmlaringiz uchun Misrda uylar hozirlangiz va uylaringizni qibla (namozgoh) etib, namoz o'qingizlar va mo'minlarga esa (ey, Muso,) xushxabar bering!" - deb aytdik. 10.88 . Muso dedi: "Ey, Rabbimiz! Sen Fir'avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va mol-mulk ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo'lingdan ozdirishlariga sabab bo'ldi. Ey, Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyoatda) alamli azobni ko'rmagunlaricha imon yeltirmasinlar". 10.89 . (Alloh) dedi: "Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to'g'ri bo'lingizlar! Bilmaydiganlarning yo'liga zinhor ergashmangizlar!"
|