YUNUS surasi10.41 . Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Mening ishim - menga. Sizlarning ishlaringiz - sizlarga! Cizlar mening qilayotgan ishimga daxlsizdirsizlar, men sizlarning ishlaringizga daxlsizdirman". 10.42 . Ular ichida Sizga (beparvolik bilan) quloq soladiganlari ham bor. O'zlari aql yurgizmaganlaridan keyin Siz "karlar"ga (gap) eshittira olarmidingiz?! 10.43 . Ular ichida Sizga (shunchaki) nazar tashlab turadiganlari ham bor. O'zlari ko'rmasalar, ko'rlarni yo'lga sola olarmidingiz?! 10.44 . Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm qilmaydi. Lekin odamlar o'zlariga zulm qiladilar. 10.45 . Ularni (qiyomatda) to'playdigan kunda (o'zlarini bu dunyoda) go'yo kunduz kunning bir soaticha turgandek sezishib, bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan muloqotda bo'lishni inkor etganlar ziyon ko'rdilar va hidoyat topganlardan bo'lmadilar. 10.46 . Agar Biz ularga va'da qilayotgan (azob)ning bir qismini Sizga ko'rsatsak yoki (oldinroq) Sizni vafot ettirsak ham, baribir ularning qaytib boradigan joyi Bizning huzurimizdir. So'ngra (qolganiga) Alloh ularning kirdikorlariga guvohdir. 10.47 . Har bir ummat uchun payg'ambar (bordir). Bas, payg'ambarlari kelganda, ularga zulm qilinmagan holda o'rtalarida odilona hukm qilinur. 10.48 . "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, bu va'da (azob) qachon (bo'ladi)?" - deydilar. 10.49 . Ayting: "Alloh xohlamas ekan, men (hatto) o'zimga (ham) na zarar va na foyda yetkazishga aslo ega bo'lmasman. Har bir ummat uchun (muayyan) ajal (muddat) bordir. Ajallari yetganda, biror soat kechiktira olmaydilar ham, oldinga ham sura olmaydilar". 10.50 . Ayting: "Ko'rdingizmi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar u (azob)ning nimasini shoshiltiradilar?!"
|