YUNUS surasi



10.51 . Qachon (o'sha azob) ro'y bergandan so'ng unga imon keltirasizlarmi?! Endimi?! Uni (qachon bo'ladi deb) qistagan edingiz-ku!

10.52 . So'ngra zulm qilganlarga: "Mangu azobni totingizlar! Qilgan qilmishlaringiz sababligina jazolanursizlar", - deyiladi.

10.53 . Sizdan: "U (azob) haqmi?" - deb so'raydilar. Ayting: "Rabbimga qasamki, ha, u albatta haqdir. Sizlar esa ojiz qoldiruvchi (undan qutuluvchi) emassizlar".

10.54 . Zulm qilgan har bir jon (egasi)da Yerdagi bor narsa bo'lgan taqdirda (azobdan qutulish uchun), albatta, uni to'lagan bo'lur edi. Azobni ko'rishgach, armonlarini ichlarida saqlaydilar. O'rtalarida ularga zulm qilinmasdan odilona hukm qilinur.

10.55 . Ogoh bo'lingizki, osmonlar va Yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh bo'lingizki, albatta, Allohning va'dasi haqdir, lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.

10.56 . U tiriltirur va o'ldirur hamda Uning huzurigagina qaytarilursizlar.

10.57 . Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan va'z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo'minlarga hidoyat va rahmat keldi.

10.58 . Ayting: "Allohning fazli va rahmati bilan, bas, (albatta), shular sababli (mo'minlar) shodlansinlar! U to'plagan (boyliklari)dan yaxshiroqdir.

10.59 . Ayting: "Ko'rdingizmi, Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqdan (birini) harom, boshqasini halol qilib oldingiz". Ayting: "Ko'rdingizmi, sizlarga Alloh ruxsat berdimi yoki Allohga tuhmat qilyapsizlarmi?!"

10.60 . Alloh sha'niga yolg'on to'qiydiganlarning qiyomat kuni haqidagi gumonlari nimadan iborat ekan?! Albatta, Alloh odamlarga (nisbatan) fazl sohibidir, lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next