YUNUS surasi



 

10.61 . Qaysi bir mashg'ulotda bo'lmang, undan (Qur'ondan) biror (oyat) tilovat qilmang, (umuman) qanday ish qilmang, illo o'shanga kirishganingizdayoq sizlarga shohid bo'lurmiz. Yerda, xoh osmonda biror zarra miqdorida yoxud unda kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da bordir.

10.62 . Ogoh bo'lingizki, albatta, Allohning valiy (do'st)lariga (oxiratda) xavf yo'qdir va ular tashvish ham chekmaslar.

10.63 . Ular imon keltirgan va taqvoli bo'lganlardir.

10.64 . Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so'zlarida o'zgartirish yo'qdir. Ana shu buyuk yutuqdir.

10.65 . Ularning (kofirlarning) gapi Sizni xafa qilmasin! Kuch-qudratning hammasi Allohdadir. U eshituvchi va biluvchidir.

10.66 . Ogoh bo'lingizki, albatta, osmonlar va Yerdagi barcha jonzotlar Allohnikidir. Allohni qo'yib, sherik (but-sanam)larga ergashib, iltijo qiladiganlar faqat gumon (narsa)ga ergashadilar va ular faqat taxmin qiladilar.

10.67 . U sizlarga orom olishlaringiz uchun kechani va (yashash uchun) yorug'lik beradigan qilib kunduzni yaratgan zotdir. Albatta, bunda eshituvchi qavm uchun alomatlar bordir.

10.68 . "Alloh farzand tutdi", - dedilar. U (bu tuhmatdan) mutlaqo pokdir. U boydir. Osmonlar va Yerdagi narsalar Unikidir. Sizlarning huzuringizda bu to'g'rida (Allohning farzandli ekanini isbotlaydigan) hech qanday hujjat yo'qdir. Alloh sha'niga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?!

10.69 . Ayting: "Albatta, Alloh nomidan yolg'on to'qiyotganlar najot topmaslar".



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next