YUNUS surasi



10.90 . Isroil avlodini dengizdan o'tkazdik. Fir'avn va uning lashkarlari ular ortidan zo'ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir'avnga) g'arq bo'lish (soati) yetishganda aytdi: "Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o'zga iloh yo'qdir. Men ham musulmonlardanman".

10.91 . (Alloh dedi): "Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg'unchilardan eding-ku!

10.92 . Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo'lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdang'ofildirlar."

10.93 . Albatta, Isroil avlodini qulay joyga (Misr va Shomga) joylashtirdik va ularga pok narsalardan rizq qilib berdik. Ularga, to ilm (Tavrot) kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni ixtilof qilgan narsalari haqida o'rtalarida hukm chiqaradi.

10.94 . (Ey, Muhammad!) Agar Sizga nozil etgan narsa (tarixiy voqealar) xususida shubha qilsangiz, Sizdan oldingi Kitobni o'qiydiganlardan so'rang! Rabbingizdan Sizga haqiqat (vahiy) kelgandan keyin (endi) sira shubhalanuvchilardan bo'lmang!

10.95 . Allohning oyatlarini yolg'onga yo'yadiganlardan ham bo'lmangki, (aks holda) ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolursiz!

10.96 . Albatta, (taqdirlarida) Allohning (kofir bo'lurlar degan) so'zi muqarrar bo'lganlar imon keltirmaydilar.

10.97 . Ularga barcha mo''jizalar kelsa ham, to (qiyomatda) alamli azobni ko'rmagunlaricha (o'zgarmaydilar).

10.98 . Koshki biror qishloq (ahli) imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan (va halok bo'lmagan) bo'lur edi. Illo, Yunus qavmi (shunday qildi). Imon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkazdik va ularni (ma'lum) vaqtgacha (hayot lazzatidan) bahramand qildik.

10.99 . Agar Rabbingiz xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo'lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo'min bo'lishlariga majbur qilasizmi?!



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 next