YUNUS surasi10.70 . (Ular uchun) bu dunyoda ozgina bahramandlik bor. So'ngra, qaytishlari Biz saridir. (Shundan) so'ng kofir bo'lganlari uchun ularga qattiq azobni tottirurmiz. 10.71 . (Ey, Muhammad!) Ularga Nuh haqidagi xabarni o'qib bering! U (o'z) qavmiga aytgandi: "Ey, qavmim! Agar sizlarga (mening orangizda) turishim va Allohning oyatlarini (sizlarga) eslatishim og'irlik qilgan bo'lsa, bas, Allohga tavakkul qildim. Sherik (but va sanam)laringiz bilan bir bo'lib ishlaringizni qilaveringizlar! Keyin ishlaringiz sizlarga g'am-tashvish bo'lmasin, tag'in! So'ngra hukmingizni menga ijro etaveringizlar, meni kutib o'tirmangizlar! 10.72 . Bas, agar yuz o'girsangizlar, sizlardan (men xizmatim uchun) haq so'raganim yo'q. Mening (tegishli) haqqim (savobim) Allohning zimmasidadir. (Men Allohga) taslim etuvchilardan bo'lishga buyurilganman". 10.73 .Bas, uni (Nuhni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz uni va u bilan kemada birga bo'lganlarni xalos etdik va ularni (Yerda) o'rinbosarlar qildik. Oyatlarimizni yolg'onga yo'yganlarni esa (to'fon suviga) g'arq qildik. Ogohlantirilganlarning oqibatiga (taqdiriga) boqing! 10.74 . So'ngra undan keyin (bir qator) payg'ambarlarni (o'z) qavmlariga yubordik. Bas, ularga hujjatlarni keltirdilar. Ular oldin yolg'onga yo'ygan narsalariga (endi ham) imon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning dillarini shu tarzda muhrlab qo'yamiz. 10.75 . So'ngra, ularning ortidan Muso bilan Horunni Fir'avn va (uning) zodagonlari huzuriga mo''jizalarimiz bilan birga yubordik. Bas, (ular) kibrlandilar va jinoyatchi qavm bo'ldilar. 10.76 . Bizning huzurimizdan ularga haqiqat kelganida esa, "bu aniq sehr", - dedilar. 10.77 . Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelganda (uni inkoriga) so'z qilasizlarmi?! Sehrmi shu?! Sehrgarlarning omadi yurishmaydi-ku!" 10.78 . Aytdilar: "Ota-bobolarimizning biz unda topgan narsa (dinlari)dan bizni burish va ikkovingizga Yerda kattalik (hukmronlik) bo'lishi uchun bizga keldingmi? Biz ikkingizga (ham) ishonuvchi emasmiz". 10.79 . Fir'avn: "Barcha bilimdon sehrgarlar ni menga keltiringiz!" - dedi.
|