YUNUS surasi10.100 . Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas. Azobni esa (Alloh) aql yuritmaydiganlarga ravo ko'rar. 10.101 . Ayting: "Osmonlar va Yerdagi narsalarga (ibrat nazari bilan) boqinglar! (Ammo) imon keltirmaydigan qavm uchun mo''jizalar ham, ogohlantirishlar ham foyda bermagay". 10.102 . (Ular) o'zlaridan oldin (imon keltirmay) o'tganlarning kunlariga o'xshash (azob yog'ilgan) kunlarnigina kutmoqdalar. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman". 10.103 . So'ngra (qiyomatda) payg'ambarlarimiz va imon keltirganlarga najot berurmiz. Shunday qilib, mo'minlarga najot berish Bizga haq (muqarrar) bo'ldi. 10.104 . Ayting: "Ey, odamlar! Agar mening dinimdan shakda bo'lsangiz, bas, sizlarning Allohni qo'yib sig'inayotgan (but-sanam)laringga (men) sig'inmayman, balki sizlarni vafot ettiradigan zot - Allohga sig'inaman va (men) mo'minlardan bo'lishimga buyurilganman. 10.105 . Shuningdek, (menga buyurilganki) yuzingizni (o'zingizni) to'g'ri bo'lmish dinda muqim tuting, aslo mushriklardan bo'lmang! 10.106 . Allohni qo'yib, foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga iltijo qilmang! Agar qilsangiz, unda, albatta, Siz zolimlardandirsiz. 10.107 . Agar Alloh Sizga biror zarar yetkazsa, bas, Uning O'zidan boshqa uni ketkazadigan (kuch) yo'qdir. Agar Sizga biror yaxshilik (yetkazish)ni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi (kuch) ham yo'qdir. Bandalaridan xohlaganiga uni (fazlini) yetkazur. U kechirimli va rahmlidir". 10.108 . Ayting: "Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan haqiqat (Qur'on yoki Payg'ambar) keldi. Bas, kimki hidoyat yo'liga kirsa, faqat o'zi uchun hidoyat yo'liga kirgan bo'ladi. Kimki yanglishsa, bas, o'zining zarariga yanglishgan bo'ladi. Men sizlarga vakil (muakkal) emasman". 10.109 . Sizga vahiy etilgan narsaga ergashing va to Alloh hukm qilgunicha sabr qiling! Albatta, U hukm qiluvchilarning yaxshisidir.
|