A`ROF surasi7.60 . Qavmining zodagonlari: "Biz seni ochiq yanglish uzra ko'rmoqdamiz", - dedilar. 7.61 . (Nuh) dedi: "Ey, qavmim! Menda yanglish yo'q. Lekin, men olamlar Rabbi (tomoni)dan elchi (payg'ambar)durman. 7.62 . Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va sizlarga nasihat qilurman hamda Allohdan (kelgan vahiy orqali) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman. 7.63 . Sizlarni ogohlantirish, taqvoli bo'lishingiz va rahm qilishingiz uchun sizlarga Rabbingizdan (kelmish) eslatma o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida kelganidan ajablandingizmi?!" 7.64 . Shunda uni yolg'onchiga chiqardilar. Bas, (Biz) uni va u bilan birga (imon keltirgan)larni kema ichida (saqlab, to'fondan) qutqardik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni (suvga) g'arq qildik. Ular (qalbi) ko'r kishilar edi. 7.65 . Od (qavmi)ga ularning birodari Hudni (elchi qilib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. (Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!" 7.66 . Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari aytdilar: "Biz seni nodonlikda (ekaningni) ko'rayapmiz. Biz seni yolg'onchilardanmikan, deb gumon qilyapmiz". 7.67 . (U) aytdi: "Ey, qavmim! Menda nodonlik yo'q. Lekin, men olamlar Rabbidan (yuborilgan) elchidirman. 7.68 .Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va men sizlarga ishonchli nasihatgo'yman. 7.69 . Sizlarni ogohlantirish uchun o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida sizlarga Rabbingizdan eslatma kelganidan ajablanyapsizmi?! Alloh sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilib qo'ygan va sizlarni jismonan ziyoda qilganini eslangiz!* Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz, toki sizlarga tole yor bo'lsin!"
|