A`ROF surasi7.189 . U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir. Unga yaqinlik qilgach, u (Havvo) yengil homilali bo'ldi va u bilan (bir muddat) yurdi. (Yuki) og'irlashganda, har ikkisi (Odam va Havvo) Rabbilari (bo'lmish) Allohga duo qilib: "Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lajakmiz" (dedilar). 7.190 . Ikkisiga solih (farzand) ato etgach, ikkisiga bergan narsasida Unga "sherik"larni (nisbat) berdilar. Alloh (esa) ular keltirgan shirkdan oliy (pok)dir. 7.191 . Biror narsani yaratmaydigan, balki o'zlari yaratiluvchi bo'lgan narsani (Allohga) sherik qiladilarmi?! 7.192 .Ular uchun (biror) yordam ko'rsatishga yaramaydilar va o'zlariga ham yordam qilmaydilar. 7.193 . Agar ularni hidoyat sari chorlasangiz, sizlarga ergashmaydilar. Ularni chorlaysizlarmi yoki sizlar jim turuvchimisizlar - sizlar uchun barobardir. 7.194 . Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz o'zlaringga o'xshash bandalardir. Agar rostgo'y bo'lsangiz, ularga iltijo qilib ko'ringiz - ular sizlarga ijobat qilsin! 7.195 . Ularning oyoqlari bormiki, ular bilan yursalar yo qo'llari bormiki, ular bilan kuch ko'rsatsalar, yoki ko'zlari bormiki, ular bilan ko'rsalar, yoxud quloqlari bormiki, ular bilan eshitsalar?! Ayting: "Shirk (but va sanam)laringizni chaqiringiz va menga muhlat bermasdanoq menga makr qilingiz! 7.196 .Mening egam Kitob nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni do'st tutar. 7.197 . Uni qo'yib sig'inayotgan narsalaringiz sizlarga ham yordam ko'rsatishga yaramaydi, o'zlariga ham yordam bermaydi". 7.198 .Ularni (sanamlarni) hidoyat sari chorlasangiz, eshitmaydilar. Sizga qarab tursalarda, lekin ko'rmasliklarini kuzatasiz. 7.199 . Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o'giring! 7.200 .Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir. 7.201 . Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o'shanda ular (haqni) ko'ruvchidirlar. 7.202 . Ularning do'stlari yo'ldan urishda ularga yordam beradilar. (Bu ishda) sustlik qilmaydilar. 7.203 . Ularga oyat keltirmasangiz, "Uni o'zing tanlab (to'qib) qo'yaqolmaysanmi?!" - deyishadi. Ayting: "Men faqat Rabbimdan menga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman. Bu (Qur'on) imon keltiradigan qavm uchun Rabbingizdan ko'rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir". 7.204 . Qur'on o'g'ilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar! 7.205 . Rabbingizni ichingizda tazarru va qo'rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko'tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting! G'ofillardan bo'lmang! 7.206 . Haqiqatan, Rabbingiz huzuridagi (farishta)lar Uning ibodatidan kibr (ibo) qilmaydilar. Unga tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar.
|