A`ROF surasi7.30 . Bir guruhni hidoyatga yo'lladi, (boshqa) bir guruhga esa zalolat (bitilgani) haq bo'lib chiqdi. Zero, ular Allohni qo'yib shaytonlarni do'st qilib olib, ularni to'g'ri yo'ldagilar deb o'ylaydilar. 7.31 . Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi. 7.32 . Ayting: "Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?" Ayting: "U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirganlar (va boshqalar) uchun, qiyomat kunida esa, xolis (mo'minlarning o'zlari uchun bo'lur)". Shunday qilib, oyatlarni biladigan qavmlarga mufassal bayon qilurmiz. 7.33 . Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq gunoh va tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha'niga o'zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi". 7.34 . Har bir ummatga (jazo uchun) muhlat (belgilangan). Qachonki, ularning muhlati kelar ekan, (uni) biror soat kechga ham, ilgariga ham sura olmaydilar. 7.35 . Ey, Odam avlodi! Agar sizlarga o'z (jins)laringizdan bo'lgan payg'ambarlar Mening oyatlarimni sizlarga o'qigan holda kelsalar, (bilib qo'yingizki,) kimki taqvoli bo'lib, (o'zini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar. 7.36 . Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan (o'zlarini yuqori tutib) kibr qilganlar - ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar. 7.37 . Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga chiqargan (odam)dan kim ham zolimroq ekan?! Ana o'shalarga Kitobdagi (yashash) nasibalari bitgach, vafot ettiruvchi farishtalarimiz ularga kelganlarida: "Allohni qo'yib iltijo qilgan narsa (but)laring qani?!" - deganlarida, ular: "Bizdan yo'qoldilar", - deyishadi. O'zlarining zararlariga kofir bo'lganlari to'g'risida guvohlik berurlar. 7.38 . (Ularga Alloh) aytadi: "Sizlardan oldin o'tgan jin va insdan iborat (kofir) ummatlar ichida (sizlar ham) do'zaxga kiringizlar!" Har bir ummat (do'zaxga) kirganda, sherigini la'natlaydi. U yerda bir-birlari bilan jam bo'lib topishishgach, oxirgi (ummat) o'zidan oldingisi haqida: "Ey, Rabbimiz! Ana o'shalar bizni adashtirganlar. Ularga do'zax azobini ikki barobar (qilib) bergin!" - deydilar. (Shunda Alloh): "Har birlaringiz uchun ikki barobardir, lekin (sizlar buning hikmatini) bilmaysizlar", - degay. 7.39 . Avvalgilari keyingilariga aytadilar: "Sizlarning bizlardan ortiqligingiz yo'q. Qilmishlaringizga yarasha (ushbu) azobni totaveringizlar!"
|