A`ROF surasi
7.11 . Albatta, (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so'ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so'ngra farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - dedik. (Ular) sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan bo'lmadi. 7.12 . (Alloh) aytdi: "Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone'lik qildi?" U dedi: "Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding". 7.13 . Aytdi: "Undan (jannatdan) chiq! U yer (jannat)da takabburlik qilishing senga (joiz) emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan." 7.14 . (U) dedi: "Meni (insonlar) tiriltiriladigan kungacha kechiktir!" 7.15 . Aytdi: "Albatta, sen kechiktirilganlardansan". 7.16 . U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To'g'ri yo'ling (Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman. 7.17 . So'ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o'ng tomonlaridan va so'l tomonlaridan (chalg'itish uchun) kelaman. (Natijada) ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan". 7.18 . Aytdi: "Undan (jannatdan) ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning barchangiz bilan jahannamni to'ldirajakman". 7.19 . (Biz dedik): "Ey, Odam! Jufting (Havvo) bilan jannatda turingiz va xohlagan joyingizdan tanovul qiling! Faqat ushbu daraxtga (mevasidan yeyish uchun) yaqinlashmangiz. Aks holda zolimlardan bo'lursiz!"
|