MOIDA surasi5.61 . Sizlarga kelib: "Imon keltirdik", - deyishadi. Vaholanki, kufr bilan kirib, kufr bilan chiqib ketadilar. Alloh ular yashirib yurgan narsa (ikkiyuzlamachiliklari)ni yaxshi biluvchidir. 5.62 . Ularning aksariyati gunoh, adovat va haromxo'rlik sari shosha-pisha intilayotganliklarini ko'rasiz. Qilayotgan ishlari o'ta yomon ishdir. 5.63 . Ruhoniy va olimlari ularni gunoh gaplari va haromxo'rliklaridan qaytarsalar bo'lmaydimi? Qilayotgan sir-sinoatlari juda yomondir! 5.64 . Yahudiylar: "Allohning "qo'li" bog'liq (baxil)", - dedilar. O'zlarining qo'llari bog'lanur va (bu) gaplari sababli la'natlanurlar. Aslida (Uning) "ikki qo'li" ochiq. Qanday xohlasa, (shunday) ehson qilaveradi. Sizga Rabbingizdan nozil etilgan (Qur'on) ulardan ko'plarining adashuvi va kufrini orttirdi, xolos. Ularning oralariga, to qiyomat kunigacha (davom etadigan) adovat va nafrat solib qo'ydik. Urush olovini yoqishlari bilan, uni darhol Alloh o'chirib turadi. Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg'unchilarni yaxshi ko'rmaydi. 5.65 . Agar ahli kitoblar imon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta, ularning gunohlarini kechirgan va ne'mat jannatlariga kirgizgan bo'lur edik. 5.66 . Agar ular Tavrot, Injil va Parvardigorlari tomonidan ularga nozil qilingan (Qur'on)ga rioya qilishganida, tepalaridan (ma'naviy), oyoqlari ostidan (moddiy) ta'minlangan bo'lur edilar. (Darvoqe), ular ichida mo''tadil (mo'min) toifa ham bor. (Lekin) ulardan ko'pchiligining qilayotgan ishlari o'ta yomondir. 5.67 . Ey, Rasul! Rabbingizdan Sizga nozil qilingan narsani (odamlarga) yetkazing! Agar (buni) qilmasangiz, Uning Risolasini yetkazmagan bo'lursiz. Alloh Sizni odamlar (zarari)dan saqlagay. Albatta, Alloh kofirlar qavmini hidoyat sari yo'llamagay. (bu oyat Rasululloh(S) ga , sen o`zingdan keyingi xalifa hz. Alini odamlarga tanishtirgin, odamlarning gap-so`zlariyu dushmanliklaridan qo`rqmagin, Alloh o`zi himoya qiluvchidir. Bordiyu, e`lon qilmasang, risolatni oxiriga yetkazmagan bo`lasan, so`ng Payg`ambarimiz(S) barcha hajga kelgan ashoblarining oldida Alini o`zlarining o`rinbosari deb e`lon qildilar, keyin “din komil bo`ldi†oyati nozil bo`ldi) 5.68 . Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Toki Tavrot, Injil va Rabbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan narsalarni barpo etmaguningizga qadar, hech bir narsa (din)da muqim emassizlar". Sizga Rabbingiz tomonidan nozil qilingan narsa (Qur'on) ularning ko'plarida faqat haddan oshish va kufrnigina orttirayotir. Bas, kofirlar qavmiga (nisbatan) taassuf qilmang! 5.69 . Albatta, imon keltirganlar, yahudiy bo'lganlar, sobiiylar (farishtalarga sig'inuvchilar) va nasroniylardan Alloh va oxirgi Kunga imon keltirib, savobli ish(lar)ni qilganlar uchun (oxiratda) xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar. 5.70 . Isroil avlodining ahdlarini oldik va ularga payg'ambarlar yubordik. Har gal bir payg'ambar ularga (havoyi) nafslari xush ko'rmaydigan narsa (hukm)ni keltirganda, bir qismini yolg'onchiga chiqardilar va (boshqa) bir qismini esa o'ldirdilar.
|