MOIDA surasi5.51 . Ey, imon keltirganlar! Yahudiylar va nasroniylar bilan do'st tutinmangiz! (Ularning) ba'zilari ba'zilari bilan do'stdirlar. Sizlardan kimki ular bilan do'st tutinsa, u albatta ulardan (bo'lib qolur). Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmagay. 5.52 . Dillarida "kasallik" bor kimsalar: "Bizga biror ofat yetib qolishidan qo'rqamiz", - deb, ular tomon intilayotganini ko'rasiz. Axir, Alloh (musulmonlarga) g'alaba ato etib yoki O'z huzuridan biror buyruq berib qolsa, ichlarida sir tutgan narsalariga pushaymon bo'luvchilarga aylanib qolishlari mumkin-ku! 5.53 . (Ana o'shanda) imon keltirganlar: "Zo'r berib, sizlar bilan birgamiz deb qasam ichganlar ana shularmi?" - degaylar. Ularning (savobli) ishlari yelga ketdi, natijada ziyon ko'ruvchilarga aylanib qoldilar. 5.54 . Ey, imon keltirganlar! Sizlardan kimki dinidan qaytsa, Alloh shunday bir qavmni keltirurki, ularni Alloh sevadigan va ular ham Uni sevadigan, mo'minlarga (nisbatan) kamtar, kofirlardan esa (o'zlarini) yuqori tutuvchi, Allohning (toati) yo'lida jiddu jahd qiluvchi, malomatchining malomatidan qo'rqmaydigan bo'lurlar. Bu Allohning fazlidirki, uni O'zi xohlagan (bandalari)ga berur. Alloh (karami) keng, dono zotdir. 5.55 . Darvoqe, sizlarning do'stingiz faqat Alloh, Uning Rasuli va imon keltirganlar hamda namoz o'qiydigan va ruku' qilgan hollarida ham zakot beruvchilardir. ( mazkur oyat hz. Ali haqlarida nozil bo`lgandir. Musulmonlar masjidda namoz o`qiyotganlarida bir tilamchi kelib, “ey musulmonlar, agar haq dinda bo`lsangizlar menga sadaqa beringlar†– dedi shunda hz.Ali rukuda turganlarida barmoqlaridagi uzuklariga ishora qildilar va tilanchi barmoqlaridagi uzukni olib chiqib ketdi. Shunda bu oyat nozil bo`lgan) 5.56 . Kimki Allohni, Rasulni va imon keltirganlarni do'st tutsa, albatta, Allohning (bu) hizbi chinakam g'oliblardir. 5.57 . Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldin Kitob berilganlardan diningizni mazax va o'yin qilib olganlar hamda kofirlar bilan do'st tutinmangizlar. Mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqingizlar! 5.58 . (Ular) namozga azon aytsangizlar, uni (namozni) mazax va o'yin qilib oladilar. Bu ularning anglamaydigan qavm ekanidan (dalolat)dir. 5.59 . Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Allohga, bizga nozil qilingan (Qur'on)ga va oldin nozil qilingan (Kitoblar)ga imon keltirganimiz, sizlarning aksariyatingiz esa fosiq (itoatsiz) bo'lganingiz tufayli bizdan o'ch olyapsizlarmi?" 5.60 . Ayting: "Alloh nazdida bundan ham yomonroq "savob" (jazo) to'g'risida sizlarni xabardor qilaymi? Alloh la'natlagan, g'azab qilgan, ulardan (ba'zilarini) maymun va cho'chqalarga aylantirgan hamda shaytonga ibodat qilganlar (uchun beriladigan jazodir). Ana o'shalarning makoni yomon va to'g'ri yo'ldan ko'proq adashgan kimsalardir.
|