Hud surasi11.79 . (Ular) dedilar: "Bizning qizlaringga hojatimiz yo'qligini bilasan va bizning maqsadimiz ham senga ma'lum". 11.80 . (Lut) dedi: "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki bir kuchli suyanchiqqa suyana olsam?!" 11.81 . (Farishtalar) aytdilar: "Ey, Lut! Biz Rabbingning elchilarimiz. (Qavming) senga sira yeta olmaslar (tega olmaslar). Bas, tunning bir qismida oilangni olib ket! Sizlardan biror kishi ortiga boqmasin! Xotiningni esa qo'yaver! Zero, ularga yetgan narsa (azob) unga ham yetqusidir. Ularga va'da qilingan vaqt bomdod vaqtidir. Bomdod yaqin emasmi?!" 11.82 . Farmonimiz (azobimiz) kelganida u yerni ostin-ustun qilib yubordik va u yerga qizitilgan g'ishtdan iborat toshlarni paydar-pay yog'dirdik. 11.83 . (U toshlar) Rabbingiz huzurida belgili qilib qo'yilgan edi. U (toshlar) zolimlarga uzoq emasdir. 11.84 . Madyan (qavmi)ga birodari Shuaybni (elchi - payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. O'lchov va vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha) yaxshilik (farovonlik)da ko'rib turibman va men sizlarga (hammani) qamrab oluvchi kun (qiyomat)ning azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman. 11.85 . Ey, qavmim! O'lchov va vaznni adolat bilan to'la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarini qilib, buzg'unchilik qilmangiz!" 11.86 . Agar mo'min bo'lsangiz (bilib qo'yingizki), Allohning (halol kasbdan) qoldirgani sizlar uchun yaxshidir. Men esa, sizlarga qo'riqchi emasman". 11.87 . (Ular) dedilar: "Ey, Shuayb! Ota-bobolarimiz sig'inib kelayotgan narsa (ma'buda)larni tark etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to'g'ri eding-ku?!" 11.88 . (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim? (O'ylab) ko'rdingizmi, agar (men) Rabbim tomonidan hujjatga ega bo'lsam va (U) meni yaxshi rizq bilan ta'minlagan bo'lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?). Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o'zim qilishni istamayman. Islohdan o'zga hech narsani imkonim boricha xohlamasman. (Bunga) muvaffaq qilish esa Allohning ixtiyoridadir. Unga tavvakul etdim va Unga inobat qildim (ixtiyorimni topshirdim).
|