Hud surasi11.70 . Unga (taomga) qo'l cho'zishmaganini ko'rgach, (Ibrohim) ularni yotsiradi va ulardan qattiq qo'rqib ketdi. (Ular) dedilar: "Qo'rqma! Biz Lut (qavmi)ga yuborilganmiz". 11.71 . Xotini (Sora) turgan edi, kulib yubordi. Unga Ishoq (nomli farzand) va Ishoqning orqasidan Ya'qub (ismli nabira berishimiz) haqida xushxabar berdik. 11.72 . (Sora) dedi: "Voy, o'lmasam! O'zim kampir va bu erim qariya bo'laturib, tug'amanmi?! Bu juda qiziq narsa-ku!"
11.73 . (Farishtalar) dedilar: "Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey, xonadon ahli, sizlarga Allohning rahmati va barakoti bo'lsin! Albatta, U hamd va ulug'lik egasidir". 11.74 . Ibrohimdan qo'rquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi (halokati) to'g'risida bahslasha boshladi. 11.75 . Albatta, Ibrohim halim, serqayg'u vasertavbadir. 11.76 . (Farishtalar): "Ey, Ibrohim! Bu (bahs)dan qayt! Zero, Rabbingning amri (Lut qavmiga atagan azobi) kelib bo'lgan. Ularga qaytarilmas azob kelgusidir!" 11.77 . Elchilarimiz Lutning huzuriga kelganlarida ular sababli (holi) yomonlashdi va ular tufayli tashvish chekdi* hamda "Bu – og'ir kun!" dedi. 11.78 . Uning (Lutning) oldiga qavmi yugurib keldilar. Oldindan (ular) yomon ishlar (bachchabozlik) qilar edilar. U (Lut) dedi: "Ey, qavmim! Ana ular qizlarim (Ularga uylaninglar). Ular sizlar uchun pokroqdir*. Bas, Allohdan qo'rqingizlar va mehmonim oldida meni sharmanda qilmangizlar! Sizlarda birorta to'g'ri odam yo'qmi?!" Izoh: Lut (a.s.) o'z qizlarini kofir qavmiga erga berishga rozi bo'lishlarining sababi qadim davrdan to Payg'ambarimiz Muhammad (a.s.) ning ilk da'vat zamonalarigacha musulmon qizni kofirga nikohi joiz bo'lgan. Rasululloh qizlaridan birini Abu Lahabning o'g'liga nikohlab, keyinroq ajratib olganlari Islom tarixidan ma'lum.
|