Hud surasi11.99 . Ularga ushbu (dunyo)da ham, qiyomat kunida ham la'nat yetkazilur. Berilgan "yordam" qanday ham yomon yordam?! 11.100 . Ana shu Biz Sizga (ey, Muhammad,) qissasini aytayotgan shaharlarning xabarlaridandir. Ulardan (hozirgacha) turgani va (yo'q bo'lib) bitgani bor. 11.101 . Ularga Biz zulm qilmadik, balki o'zlariga (o'zlari) zulm qildilar. Rabbingiz amri (azobi) kelganda esa, Allohni qo'yib sig'ingan (ma'buda)lari hech ham foyda bermadi va ularga ziyondan boshqa narsani orttirmadi. 11.102 . Aholisi zolim yurtlarni tutganda Rabbingizning tutishi shundaydir. Albatta, Uning tutishi alamli va shiddatlidir. 11.103 . Albatta, bunda oxirat azobidan ko'rqqanlar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar to'planadigan va hozir bo'linadigan kundir. 11.104 . U (kun)ni faqat sanoqli muddatgachagina kechiktiramiz. 11.105 . (U) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli (insonlar) ham bo'lur. 11.106 . Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar. 11.107 .Modomiki (oxiratdagi) osmonlar va yer bor ekan, (ular) u yerda mangudirlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz istagan narsasini amalga oshiruvchidir! 11.108 . Ammo baxtli bo'lganlar esa, bas, jannatda, to (oxiratdagi) osmonlar va yer turguncha u yerda mangu tururlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. (Bu) bitmas ne'matdir.
|