Hud surasi11.89 . Ey, qavmim? Menga xilof qilishingiz sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki Solih qavmiga yetganga o'xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag'in! Lut ham sizlardan uzoq emas. 11.90 . Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz! Albatta, Rabbim rahmli va do'stlashuvchi zotdir". 11.91 . Dedilar: "Ey, Shuayb! Sening aytayotganlaringdan ko'pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi bir ojiz (inson) ekanligingni ko'rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo'lmaganida, seni toshbo'ron qilgan bo'lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan." 11.92 . (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim! Sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroqmi? (Shuning) uchun Uni ortingizga (e'tiborsiz) tashlab qo'ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringni qamrab oluvchidir. 11.93 . Ey, qavmim! Maqomingizda (e'tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman. So'ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg'onchi ekanini bilursiz. (Kutib) kuzatib turingiz! Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman". 11.94 . Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan (bo'lmish) rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, (ular) uylarida murdaga aylandilar. 11.95 . Go'yo u yerda (oldin) yashamagandek (izlari o'chib ketdi). Ogohlaningki, Samud (qavmi)ga halokat yetgani kabi Madyan (qavmi)ga ham halokat yetsin! 11.96 . Darvoqe, Musoni oyatlarimiz va aniq hujjat (mo''jizali aso) bilan elchi qilib, 11.97 . Fir'avn va uning zodagonlari huzuriga yubordik. Ular esa, Fir'avnning buyrug'iga ergashdilar. Vaholanki, Fir'avnning buyrug'i to'g'ri emas edi. 11.98 . U (Fir'avn) qiyomat kuni (o'z) qavmini ergashtirib, ularni do'zaxga tushirur. (Ular) tushadigan yer qanday ham yomon yer?!
|