Hud surasi
11.31 . (Men) sizlarga, huzurimda "Allohning xazinalari bor" ham demayman. G'aybni ham bilmayman. "Men farishtaman" ham demayman. Ko'zlaring mensimayotgan (faqir) kishilar to'g'risida, Alloh ularga biror yaxshilik bermaydi ham demayman. Ularning ichlaridagi (imon va ixlos)ni Alloh yaxshiroq bilur. Men (bilaman desam), u holda zolimlardan bo'lib qolurman." 11.32 . Ular (Nuh qavmi) dedilar: "Ey, Nuh! Biz bilan bahslashding, lekin bahsni ko'p qilib yubording. Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga o'sha cho'chitgan narsang (azob)ni keltir!" 11.33 . (Nuh) dedi: "Uni Alloh xohlasa, albatta, keltiradi. Sizlar esa, ojiz qoldiruvchi (yenguvchi) emassizlar. 11.34 . Agar Alloh sizlarni og'dirishni istab turgan bo'lsa, (men) sizlarga nasihat qilishni istaganim bilan sizlarga nasihatim foyda bermaydi. U Rabbingizdir va Uning huzuriga qaytarilajaksizlar". 11.35 . Yoki (kofirlar): "Uning (Nuhning) o'zi to'qiyapti" deyishyaptimi? Ayt: "Agar to'qigan bo'lsam, jinoyatim o'zimga-ku! Men sizlarning qilayotgan jinoyatingiz (kufringiz)dan pokdurman". 11.36 . Nuhga vahiy qilindi: "Qavmingdan (hozirgacha) imon keltirganlaridan boshqa hech kim endi imon keltirmas. Bas, ularning qilayotgan ishlari sababli tashvish chekmagin! 11.37 . Bizning himoyamiz va vahiymiz bilan kemani yasagin va zulm qilganlar haqida Menga (asragin deb) xitob qilmagin! Ular, albatta, g'arq qilinuvchilardir!" 11.38 . Kemani yasayboshladi. Qavmining zodagonlari har gal uning oldidan o'tganlarida uni masxara qilardilar. (Nuh) dedi: "Agar bizni masxara qilsangiz, sizlar masxara qilganlaringdek, biz ham (yaqinda) sizlarni masxara qilajakmiz. 11.39 . Bas, yaqinda kimga xorlovchi azob va unga mangu azob tushishini bilursiz".
|