Kelib chiqish taxiri



Buning muqobilida esa salbiy sifatlar bo`lib nuqson hisoblanadi. Masalan zulm, yolg`on, nodonlik, jahl, notavonlik va boshqalar. Alloh-Taolo hamma ijobiy sifatlarning egasi bo`lib, hamma salbiy sifatlardan pokdir. Qur`oni Karimda Alloh sifatlarini ko`rishimiz mumkin.

6. Fe`liy sifatlar

Alloh Taoloning sifatlarini yana boshqa taqsimoti bo`lib bu :

Sifat zotiy va sifat fe`liy. Ba`zi sifatlar zotiy bo`lib doimo oshkordir. Masalan, ilm, qudrat va boshqalar.

Lekin Allohning shunday sifatlari ham borki faqat maxluqlarga nisbatan bo`lgan munosabatda zohir bo`ladi. Bu sifatlarga Roziq (rizqlantiruvchi), Xoliq(yaratuvchi), Rahim(rahmli) rububiya (tarbiyalovchi), Uluhiyya( sig`inishga loyiq), Iroda, Hakim (hikmat egasi), Sodiq (rostgo`y)  va shunga o`xshash boshqa sifatlar kiradi.

7.Qazo va qadar

Jahondagi barcha jarayon sabablar qonuni bilan amalga oshadi. Ya`ni sababsiz hech narsa vujudga kelmaydi. Albatta Alloh bu qoidadan tashqaridadir. Chunki U  sababi mutlaqdir.  Dunyodagi hamma narsa sabablar zanjiri orqali oxir oqibatda Sabab asli ya`ni Xudoning iznu irodasiga borib taqaladi. Alloh biron narsani iroda qilsa bas u narsa beshak amalga oshguvchidir. Qamar " surasida "    كل شيئى خلقناه بقدر          deyiladi. Ya`ni "biz har bir narsani taqdiri bilan yaratganmiz". Xulosa qilib aytganda olamdagi hamma narsa Allohning izni bilan bo`ladi, Xudoning izni bilan hamma voqea – hodisalar sabablar qonuniga bo`ysunadi.

8.  Inson va extiyor

Inson tarafidan amalga oshiriladigan har bir ish  dunyodagi hamma hodisalar kabi o`zining sababchisiga uzviy bog`liqdir. Chunki inson ham butun bir olamning a`zosi hisoblanadi. Masalan bir luqma nonni qo`lga kiritish uchun inson ba`zi narsalarga chunonchi, qo`l, oyoq, og`iz, qudrat, istak va boshqalarga ehtiyoji bor. Ya`ni agar biron –bir ishni amalga oshishi uchun o`ziga yarasha shart-sharoitlar va shuningdek Allohning iznu-irodasi bo`lishi kerak. Lekin bu degani agar hamma sharoit muhayo bo`lsa odam hukman usha ishni qiladi, degani emas. Odam extiyor sohibi bo`lib, o`z mayliga asosan isni bajarishi yoki uni tark qilishi mumkin. Islom dinining yangi paydo bo`lgan davrlarda ikki katta oqim vujudga keldi; biri- jabriya va ikkinchisi- mo`tazila. Jabriya mazhabining e`tiqodicha, inson hech qanday extiyorga ega emas va har bir qilinayotgan amal faqat Allohning urodasi bo`lib, inson bajarayotgan ishida majburlangandir.  Mo`tazila mazhabining aqidasiga ko`ra esa inson mutlaqan extiyor egasi bo`lib, bajarilayotgan amallarda Allohning daxolati yo`qdir. Bu ikkala firqa ahli sunnat ichidan kelib chiqqandir.

 Yoqoridagi mazhablardan farqli hisoblangan Shia mazhabida "Ahli bayt" ta`limotiga asosan, inson extiyor egasidir, lekin uning extiyori mutlaq bo`lmay Allohning irodasiga bog`liqdir (chunki odamzot butun borliqning ajralmas qismidir va olamdagi har bir narsa Allohning irodasiga uzviy bog`liqdir). Oltinchi imom hz. Imom Sodiqning aytishlaricha, " jabr ham emas, mutlaq mustaqillik ham emas, balki bu ikkisining orasidir!"-deb marhamat qilganlar.

“Na jabr va na extiyor mutlaq” aqidasi musulmonlarga hayotdagi umid manbaidir. Masalan, jabrga e`tiqod qilganlar iddio qilishicha “peshonamizdagini ko`ramiz”, savobqilasanmi yoki gunoh qilasanmi baribir jannatiy yoki do`zaxiy ekanliging oldindan belgilangan. Shunday ekan hayotning mazmuni yo`qdek tuyuladi. Shia bundaylarga qarata shunday deydi: Do`zaxiy yoki jannatiy ekanliging belgilangan bo`lsa, sening amaling natijasidir. Faqat Alloh Taolo ilm azaliysi bilan bandalarining oxiratini oldindan biladi va bu ilmida hech qachon adashmaydi. Lekin bu degani Alloh bandasidan tanlash huquqini olib qo`ydi degani emas. Aks holda jannat va do`zaxning yaratilishi befoyda va bu esa Alloh Taoloning hikmatiga ziddir.

Bulardan farqli o`laroq “mo`taziliylar” insonga shunchalik ko`p extiyor “berdilar-ki” hatto bu yo`lda shirkka yo`l qo`ydilar. Axir Allohning iznisiz biron-bir ish amalga kelmas. Qanday qilib bu oshkor haqiqatni inkor etadilar?!

Albatta shuni aytib o`tish kerakki islomdagi firqalarning kelib chiqishiga ko`pincha siyosiy mojarolar sabab bo`lgan. Masalan avom millatni itoatda tutib turish uchun “jabriya” oqimining aqidasi hukmron kuchlar uchun juda qo`l  kelardi. Irodasini qo`ldan bergan xalq hech qachon hukmdorlarga qarshi so`z  aytishga jur`at qilmasligi ayondir. Tarixdan ma`lumki hamisha shialar zulm va nohaqlik bilan qat`iy kurashib kelganlar. Shilarning shiori imom Husaynning shiorlari bo`lib “HAYHOT MINNA ZILLAT”,  ya`ni  “zillatga hech qachon  yo`l  qo`ymasmiz!” yoki “SHARAFLI  O`LIM  ZILLATLI HAYOTDAN KO`RA AFZALDIR” va boshqalar.

 Imom Husayn (a.s) ning Karbalodagi qiyomi, Erondagi oyatulloh Xumayniy boshchiligidagi Islom inqilobi bu shiorlarning amaliy namunasidir.

 



back 1 2 3 4 5 6 7 8