Kelib chiqish taxiri



MAZHAB HAQIDAGI BOSHQA  MA`LUMOTLAR

1. Shia mazhabi bugungi kunda keng tarqalgan bo`lib, jahondagi musulmonlarning to`rtdan birini tashkil qiladi. Bu mazhabnining kelib chiqish tarixi Islom dinining shakllanish davriga tog`ri keladi. Ba`zi rivoyatlarda keltirilishicha "bayyinah" surasining " darhaqiqat, imon keltirib solih amal       qilgan bandalar eng yaxshi bandalardir"- degan oyat nozil bo`lganda Payg`ambarimiz (SAOV) hz. Alining yelkalariga qo``larini qo`yib " Ali va uning tarafdorlari "eng yaxshi" bandalardir- dedilar.( tafsiri at-Tabari"  "Jomeul-bayon" ,  "tafsir durr al Mansur", "tafsir ruhul maoni" kitoblarida yuqoridagi oyatning tafsirida) 

Shuningdek shialarni Jafariylar deb ham atashadi, chunki imom Ja`far-Sodiq davrilarida  rasman shia madrasasi ta`sis bo`lgan bo`lib bu kishiga ergashgan deb shialarni jafariylar deyishadi.  

2. Shialarning ko`pchiligi Eron, Iroq,  Ozarbayjon, Pokiston, Hindiston va Afg`onistonda yashaydi. Shuningdek shialar guruh-guruh bo`lib Fors ko`rfazidagi ayrim davlatlarda, Turkiya, Suriya, Livan, sobiq ittifoqning turli respublikalarida, Angliya, Fransiya, Amerika, Afrika va  g`arbiy Osiyoda yashaydilar. Bu yerlarda ularning maxsus masjidlari va madaniyat markazlari bordir.

3.  shia mazhabiga taaluqli bo`lgan kimsalar turli millatlarning namoyondalari bo`lib, Islom dinining boshqa mazhab vakillari bilan tinch-totuv yashaydilar. Chunki shialar Qur`on Karimning "Mo`minlar o`zaro birodardirlar" degan shioriga amal qiladilar. Boshqa oyatda keltirilishicha "bir-birlaringizga  taqvo va amali solihda yordam beringiz".  Hadisi sharifda esa bunday deyiladi " musulmonlar bir dastadirlar",  "Mo`minlar- bir tandirlar"

4. Tarix sahifasida shialar shiloat va fidokorlik ko       rsatganliklari hech kimga sir emas.  Ular islom hukumatining quruvchilaridirlar. Shialar asos solgan Islom davlatlari tufayli Islom madaniyati va qadriyatlari , ilm-fan  saqlanib qolgandir. Shia ulamolarining ilm – fan rivojlanishiga qo`shgan hissalari inkor qilib bo`lmas haqiqatdir.  Tafsir, hadisshunoslik, Aqoid, Fiqh, Usul , Rigol, falsafa , axloq, Diroya, Islom hukumatining asoslari, adabiyot, tibbiyot, fizika, ximiya, algebra, asttronomiya va boshqa fanlarga oid minglab kitoblarni yozib bu ilmlarning rivojlanishiga buyuk shia ulamolarining hissasi beqiyosdir.

Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, ko`p fanlarning asoschilari- shia olimlaridir. ( Sadrning "Ta`sis ash-shia li ulumil islam", Og`o Buzurqning " Azzoriya ila tasnif ash-shia" (29 jild), Afandining "Kashful azzunun", Kuhalning "Mujam al-muallifin", Muhsin Amin Amullining "Ayanush shia"  kitoblariga murojaat qilishingiz mumkin).

5. Shialar e`tiqodi bo`yicha Alloh yagona tug`ilmagan va tug`magan, jism emas makon va zamonga mutaaliq emas, u o`zgarish va harakat qilishdan pokdir. Ko`zlar uni ko`rishdan ojiz, ya`ni bir so`z bilan aytganda, Alloh –Taolo bu kabi sifatlardan munazah va pokdir.  Shuningdek Allohga shirk keltirish eng buyuk va kechirilmas gunoh hisoblaydilar. Shia aqoidi muborak Qur`on oyatlari va Hadisi-sharifga asoslangan holda aqlga  tayanadi. Hadislarning faqat sahihlariga tayanadi, ya`ni agar hadis roviylarining ichida munofiq yoki yahudiy bo`lsa u naql qilgan hadis sahih hisoblanmaydi. Soxta to`qima hadislar o`zini musulmon ko`rsatgan "yuzaki musulmonlar" tarafidan uydirilgandir. Masalan, Allohning jismiyligi, xatokorligi (na`uzu billah) haqidagi bo`lmag`ur hadislar shular jumlasidandir. Shialarning e`tiqodi bo`yicha, hamma payg`ambarlar begunoh va  ma`sumdirlar.

6. Aqoidi shiaga asosan  Alloh- Odildir, u hech narsani behuda yaratmagandir. Toshmi, giyohmi, odammi, yeru-osmon hamma hammasi Allohning hikmati asosida yaratilgandir.

7. Aqoidi shia bo`yicha inson yaratilgandan buyon unga hidoyat qilish uchun payg`ambarlar yuboriladi. Payg`ambarlar ma`sum bo`lib, odamlarni abadiy saodat sari yetaklaydilar, o`zlari esa insoni-komil hisoblanadilar. Buyuk payg`ambarlardan (risolat egalari) beshtasi Qur`on va sunnatga asosan quyidagilardir: 1. Nuh (A.s); 2. Ibrohim   (A.s); 3. Muso (A.s); 4. Iso (A.s); 5. Muhammad (SAOV).

8. shia e`tiqodida jazo va mukofot haq bo`lib haqiqiy hisob-kitob Qiyomat kunida bo`ladi. Shariatga itoat qilib yashaganlar mukofoti – jannatdir, buning aksi bo`lganlar uchun esa jazo – azob oxirat bo`ladi. Bu dunyo va oxirat orasida "barzah" olami mavjud bbo`lib, u  yer o`lganlar uchun oxiratning ostonasidir, bu degani ham azob va yoki rohat makonidir. Shialar "tanosuh"ga e`tiqod qilmaydilar.(tanosuh – bu ruhning bir jasaddan boshqasiga ko`chib yurishidir).



back 1 2 3 4 5 6 7 8 next