Kelib chiqish taxiri9. Shialar hz. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmutallibning oxirgi payg`ambar ekanligiga, ul zotnihing har qanday sahvu-xatodan pok begunoh inson ekanliklariga ishinadilar. (boshqa firqalarning payg`ambar ham xato qiladi degan iddiolarini qabul qilmaydilar). Payg`ambarimiz (SAOV) qo`llaridan kelgancha Islom dinini yoyishga harakat qilganlar va bu sharafli vazifani a`lo bajarganlar. Hz. Payg`ambar hayotlariga oid kitoblarga murojaat qilinsa bu zot bo barakotning xislatlarini yanada chuqurroq tushunishimiz mumkin. Masalan, Shayx Mufidning "Irshod", Tabarsining "i`lamal varo", Majlisining "Biharul anvor"sayyid Muhsin Xotamiyning "maucuyatur rasul Mustafo" kitoblari shular jumlasidandir. 10. shialar Quronning masunligiga ishonadilar, ya`ni Qur`ondagi hamma so`zlar o`zgartirishsiz saqlanib qolgandir. (Ba`zi firqalar Qur`onning ba`zi kalimalari tushib qolgan degan e`tiqoddalar). Bugungi kungacha Qur`onning yetib kelishiga fidokor sahobalar hissasi kattadir. Ular oyatlarni yodlab olib nasldan naslga naql qilganlar. Ba`zilar esa Payg`ambarimiz hayotlik davrlaridanoq Qur`onni yozib olishgan (nozil bo`lish sababi, tafsiri, tarixi bilan birga). Birinchi bo`lib Qur`on yozgan shaxs hz. Alidir. Qur`oni Karim haqidagi batafsil ma`lumotlar Zanjoniyning "Tarixul Qur`on", Muhammad Hodi Maa`rifatning "Attamhid fi ulumil Qur`on"kitoblariga murojaat qilish mumkin. 11. Shialar e`tiqodi bo`yicha, Rasululloh(SAOV) rihlatlaridan avval hz. Alini o`zlarining davomchilari va o`rinbosarlari qilib tayinlab ketganlar. Hajjatul vidoda hajdan qaytib kelayotgan musulmonlar karvoni G`adir Xo`m nomli yerga yetib borganda Payg`ambarimiz, Allohning amriga muvofiq, hz. Alini ummatning imomi deb e`lon qildilar. Bu xabarni u yerdagi hojilar hammasi eshitib, bu haqda payg`ambarimizga guvohlik ham berganlar, ularning soni 100 mingdan ortiq edi. Payg`ambarimiz e`lonlaridan keyin "Bugun diningizni komil qildim, sizlar uchun Islom dinini ta`yin qildim" oyati (Moida -3)nozil bo`ldi. Payg`ambarimiz hamma u yerdagi musulmonlarga Aliga bay`at qilishni buyurdilar. Shunda birinchi bo`lib muhojirlar hz. Aliga bay`at qildilar.(alloma Aminiyning "Alg`adir" kitobida manbalar, tafsir, tarixiy voqealar haqida naql qilingan). 12. Shialare`tiqodicha, imom payg`ambarning vazifasini bajaruvchi bo`lib, vahiy kelmasligi bilan farq qiladi. Imomning vazifasi ummatga rahbarlik qilish (iqtisodiy, siyosiy, diniy), shuning uchun imomlar ham ma`sumdirlar. 13. Shialar iddiolariga asosan, islomiy ummat Imomga muhtojdir. Imom ummatni birlashtiruvchi kuch bo`lib, har xil adashib ketishlikdan uni saqlab turadi. Imomlar Allohning ne`mati bo`lib, to qiyomatgacha har nasl uchun Imom bordir. Bizning davrimizda Imom hz. Mahdi dirlar (Alloh zuhurlarini tezlashtirsin) 14. shialar e`tiqodicha Payg`ambarimiz ummat uchun 12 ta imomni ta`yin qilganlar. "Sahihul Buxoriy", "Sahihul Muslim" da aytilishicha, bu imomlarning hammasi Qurayshdandir. Lekin ismlari bu kitoblarda qayd etilmagan. Boshqa kitoblarda esa ismlar ham aytib o`tilgan. 15. Shialarning 12 imomlarining ismlari quyidagilardir: 1. imom Ali ibn Abu Tolib (a.s) (Rasulullohning jiyanlari) 2. imom Hasan ibn Ali (a.s) ( Rasulullohning nevaralari)
|