Kelib chiqish taxiri4. Xudovand sifatlarining ma`nosi; 5. Alloh sifatlari haqidagi sharhlar; 6. Fe`liy sifatlar; 7. Qazo va qadar; 8. Inson va extiyor 1.Olamga tafakkur bilan nazar tashlash – Xudoning mavjudligiga dalolat qiladi Olamga diqqat bilan nazar tashlagan inson undagi nazm va tartibni ko`rib Xudoning mavjudligiga aslan shak qilmaydi. Masalan agar biron-bir chiroyli binoni ko`rsak uning quruvchiyu me`morlariga tahsin o`qiymiz. Shunda birov sizga " bu binoni hech kim qurmagan, balki o`z o`zidan paydo bo`lib qoldi"-desa, ishonasizmi? Albatta yo`q. Chunki har bir narsa biron sabab orqali yuzaga keladi. Yomgir yogishiga bulut sababchi, bulut paydo bo`lishiga suv sababchi, suvning bulutga aylanishiga quyosh sababchi ... Shunday ekan dunyodagi barcha narsalar o`zaro sabablar silsilasi qonuni bilan uzviy bog`liqlikdadir. Sabablarning sababi asl poya esa - Xudodir. U hamma narsaning sababchisi, lekin o`zi esa sabab mutlaq bo`lib, uning sababchisi yo`qdir! 2. Insonning olam bilan bo`lgan munosabatiga boshqa bir nazar Inson fitratan qalbidan Xudoning borligini his qiladi. Agar tarix lavhalariga nazar tashlasak, ko`ramizki, azal-azaldan odamlar nimalargadir sig`inib yashashgan. Garchi bu sig`inishlar botil bo`lsa ham lekin odamzot biron nimaga sig`inmasdan yashashi amri maholdir. Shuning uchun Alloh Taolo insoniyatga tog`ri yo`lga hidoyat qilish uchun payg`ambarlarni yuboradi . lekin moddiy hayotda yashayotgan inson ba`zi hollarda bu dunyoga aldanib qoladi, va hatto Xudoni inkor qilish darajasigacha yetib boradi . lekin nima bo`lganda ham inson tabiatning bir bo`lagi bo`lgani uchun hayoti davomida tabiatga moslanib yashashga majburdir. Qishda qalin kiyinishi, turar joy qurib yashashi buning yaqqol namunasidir. Hatto Allohni inkor qiladigan materialistlar ham bu haqiqatni tan olmay iloji yo`q.
|