Kelib chiqish taxiriBa`zi toifa odamlar dunyodagi jami narsa va hodisalarni tasodifiy deb bilsa, boshqalar esa dunyodagi har bir hodisa o`ziga yarasha sabab orqali vujudga kelgan va hech qanday hodisa tasodif orqali yuzaga kelmaydi deb hisoblashadi. Bu toifa odamlar nafis san`at asarini ko`rganda asarning muallifi borligiga shubha qilmaydilar. Nazm va tartib bilan yaralgan bu keng olamni ko`rgan har qanday oqil inson bu yorug` dunyoning mohir yaratuvchisi borligiga hech shubha qilmaydi. 3. Zot va sifat Agar insonni aqliy tahlil qilib ko`rsak unda zotni, ya`ni insoniyligini va sifatlarini ko`rishimiz mumkin. Masalan ko`zlarining rangi, qomati, rangi ... sifatlar zotga bog`liqdir va zot sifatlar bilan oshkor bo`ladi. Bu mafhum Allohning zot va sifatlarini tushunishimizga yordam beradi. Chunki agar zot cheksiz bo`lsa bu degani uning sifatlari ham cheksiz bo`ladi, natijada sifat va zot o`zaro bir butunni tashkil qiladi. Shuning uchun Allohning zoti va sifatlari uzviy yaxlitlikni tashkil etadi. 4. Xudovand sifatlarining ma`nosi Olamdagi mavjudotlarda kamolot sifatlarini ko`rishimiz mumkin. Go`zallik, adolat, to`g`riso`zlik, va boshqalar ijobiy xislatlar bo`lib yaratuvchi tomonidan bandalarga berilgandir. Shubhasiz maxluqlarda bor fazilatlar Xoliqning o`zida mavjuddir. Aks holda maxluqlar ham bu sifatlardan mahrum bo`lgan bolar edilar. Qudrat , ilm, Hikmat, Adolat, Rahmat ... Allohning sifatlaridandir. Allohning zoti cheksiz bo`lgani uchun unga tegishli sifatlar ayni zotiga tengdir. Boshqa so`z bilan aytganda, Alloh ayni Ilmdir shuningdek ayni Qudratdir va h. k. Z 5.Alloh sifatlari haqidagi sharhlar Umuman olib qaraganda hamma sifatlar ikkiga bo`linadi: Ijobiy sifatlar va salbiy sifatlar. Donolik, go`zallik, qudrat, adolat bir so`z bilan aytganda kamolotga dalolat qiluvchi hamma sifatlar ijobiy hisoblanadi.
|